Bakovul
Bakovul, bukovul – 1) Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom va ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshligʻi; 2) Oltin Oʻrda xonligida qoʻshinga maosh-ulufa ulashish, oʻljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. Bakovulning hurmat-eʼtibori juda yuqori boʻlgan, unga tumanbegi va mingbegilar ham boʻysungan; 3) Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval oʻzi totib koʻruvchi bosh oshpaz.
Lugʻaviy maʼnosi
Bakovul, bukovul – podshoh, xon, va lashkarlarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib boruvchi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o‘zi tatib ko‘ruvchi mansabdor, bosh oshpaz (XV asr va undan keying davr)[1].
Etimologiyasi
Eski oʻzbek tilida bakovul (xon dasturxonchisi yoki bosh oshpaz), soʻzovul (qochoq askarlarni oʻz toʻdasiga qaytaruvchi amaldor), tamogʻchi (tamgʻa bosuvchi, boj oluvchi amaldor), tunqotar (tungi qorovul, amal nomi), chovush (xudoychi, eshik ogʻasi), eshikogʻasi (darvoza soqchisi), yasovul (intizom uchun mas’ul), ayogʻchi // ayoqchi (soqiy, may quyuvchi), bitikchi (xat yozuvchi, kotib), bovurchi (oshpaz), borschi (yoʻlbars oʻynatuvchi), olgʻinchi (toʻplovchi), oʻzanlar (cholgʻu chalib, yalla, ashula qiluvchi shaxslar), oʻtmakchi(novvoy) kabi unvon, mansab nomlarini bildiruvchi quyidagi kasb-hunar nomlari ham bugungi kunga kelib tarixiy soʻzga aylandi[2].
Bovurchi – Chingizxon davrida ta’sis qilingan saroy amallaridan biri, aniqrog‘i oziq-ovqat va ichimlik mutasaddisi. Keyinchalik u (oziq-ovqat tayyorlash, tatib ko‘rish va tortish uchun mas’ul amaldor) bakovul deb atalgan. Qarshi tumanida Bovurchi qishlog‘i qayd qilingan. Bu so‘z etnonimga ham aylangan.
Vazifasi
Bakovul – tarixda podshoh, xon va lashkarlarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib boruvchi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o‘zi totib ko‘ruvchi mansabdor, to‘ylarda taom tayyorlovchi oshpaz, pazanda. To‘y va bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan kurash, poyga, uloq kabi musobaqalarini boshqaruvchi[3].
Yana qarang
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.