Bahmanagan
Bahmanagan (forscha: بهمنگان) yoki BAHMANJANA (oʻrta forscha Bahmanaganning arabchalashtirilgan shakli; Bahmanča (forscha: بهمنجه) yoki Bahmaṇčena kabi shakllari ham uchraydi) Eron musulmonlari tomonidan moʻgʻullar bosqiniga qadar saqlanib kelgan zardushtiylik bayramidir[1]. Bu bayram Bahman oyining 2-kunida nishonlanadi[2].
Festival
Qadimgi zardushtiylik taqvimida oyning kuni oy nomi bilan mos kelganda, ziyofat (forscha: Jashn) oʻtkazilgan. Masalan, 11-oy hisoblangan Bahman oyi Bahman kuni (Bahman-ruz) bilan mos keladi. Bahman zardushtiylik dinining bosh farishtalaridan biridir. Shundan soʻng, taqvimdagi har bir shunday kun uchun ularning oʻrta forscha nomlari kun nomiga „agān“ qoʻshimchasini (birgalik va koʻplik qoʻshimchasi) qoʻshish orqali yasalgan. Bu kunni nishonlash uchun bayramlar nafaqat oddiy xalq orasida, balki saroy ahli orasida ham oʻtkazilgan[1]. Bu bayram haqida Beruniy, Gardiziy, Asadiy Tusiy, Anvariy kabi koʻplab mualliflar oʻz asarlarida yozib qoldirganlar. Beruniy va Gardiziyning taʼkidlashicha, Xurosonda turli xil goʻsht, donlar, sabzavotlar va mevalarni dīg-e Bahmanjana (Bahmanagan qozoni) deb ataluvchi qozonda birgalikda pishirishgan. Aholi bu taomni tayyorlab, bir-birlarini ziyofat qilishgan hamda uni bozorda sotishgan. Gardiziy maʼlumotlariga koʻra, qizil-Bahman (forscha: Bahman-e Sorkh) deb nomlanuvchi oʻsimlik gullarini yangi sut bilan aralashtirishgan. U yana shuni taʼkidlaydiki, odamlar bu aralashmani xotirani mustahkamlovchi va yomon koʻzdan asrovchi vosita deb bilishgan[3]. Bu bayramda yangi kiyim kiyish odat tusiga kirgan.
Bugungi kunda zamonaviy zardushtiy-eroniy Bahmanruz bayrami Eron zardushtiylari uchun alohida muqaddas kun sifatida nishonlanishda davom etmoqda.
Baxman oʻsimligi
Bu oʻsimlik hozirgi fors tilidagi zardak-e sahroyī (yovvoyi sabzi) atamasi bilan bir xil boʻlib, Baxman oyida (yanvar-fevral) gullaydi. Uning ildizi qizil yoki oq rangda boʻladi. Tibbiy oʻsimlik sifatida qoʻllanilgani uchun arab tibbiyot kitoblarida tilga olingan, keyinchalik lotin tiliga va fransuz tiliga „béhen“ shaklida oʻtgan. Uning ikkita turi – qizil béhen va oq béhen – mavjud boʻlib, hozirgi kunda ham tibbiyotda ishlatiladi[1].
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Z. Safa, "BAHMANJANA" in Encyclopedia Iranica“. 2023-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
- ↑ „The Most Amazing Ancient Persian Festivals“. 2017-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
- ↑ ʿAbd al-Ḥayy Ḥabībī, „Tarikh-e Gardizi“, Tehran, 1347 Š./1968.
Adabiyotlar
- Abu Rayhon Beruniy, „At-tafhim li-avoili sinoat at-tanjim“, ikkinchi nashr, Tehron
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.