Badaxshon

Badaxshon (tojikcha: Бадахшон; forscha: بدخشان) – tarixiy va tabiiy oʻlka. Amudaryoning yuqori oqimida, daryoning har-ikkala sohilida joylashgan. Hududi butunlay togʻlar bilan qoplangan.
Badaxshon Pomir togʻlarining bir qismi boʻlib, ikki oʻlkadan iborat: 1) Gʻarbiy Pomirni ishgʻol qilgan Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (Tojikiston Respublikasi); 2. Shimoli-sharqiy Afgʻonistonni ishgʻol qilgan katta oʻlka. Badaxshon qadimdan savdo markazi boʻlib, chetga laʼl, yoqut va zumrad chiqargan. Laʼlni badaxsh yoki balaxsh deb yuritganlar. Badaxshon toponimi shundan olingan boʻlishi ehtimol. Miloddan avvalgi II asrda Badaxshon Toharistonga, soʻng Kushon podsholigiga tobe boʻlgan. V–VI asrlarda eftalitlar, VIII asrda arablar, XII asrning 2-yarmida gʻuriylar, XIII asrning 1-choragidan moʻgʻullar qoʻl ostida boʻlgan. Badaxshonda XV–XVI asrlarda temuriylar hukmronlik qilgan. 1520-yil Bobur Badaxshonni oʻgʻli Humoyunga topshirdi. 1584-yil Badaxshonni Abdullaxon II egallagan. XVII asrda ashtarxoniylar, keyinroq Dahbed (Samarqand) sayyidlaridan Mir Yorbek (1656– 1706) asos solgan sulola hukmronlik qildi. Mir Yorbek Badaxshonning poytaxti Fayzobod (Juzgʻun) shahriga asos solgan. Badaxshonda XVIII-XIX asrlarda hukmronlik Qunduz beklariga oʻtgan. 1872-yilda tuzilgan rus-ingliz ahdnomasiga muvofiq Buxoro xonligi bilan Afgʻonistonning Badaxshondagi chegarasi Panj daryosi deb hisoblandi. 1873-yil Afgʻoniston xoni Doʻstmuhammadxon Badaxshonni oʻz davlatiga qoʻshib olgan (yana qarang Afgʻoniston).
Aholisi
Badaxshon oʻlkasi aholisining asosiy qismini, yaʼni taxminan 70 foizini tojiklar tashkil etadi. Badaxshonning Tojikistonga tegishli hududida ushbu tojiklar tojik tilida, Afgʻonistonga tegishli hududida esa dariy tilida soʻzlashishadi. Shuningdek ushbu oʻlkada juda koʻp turli Pomir xalqlari istiqomat qiladi. Oz miqdorda pushtunlar, oʻzbeklar va qirgʻizlar mavjud. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir. Tojiklar, oʻzbeklar, qirgʻizlar va pushtunlar orasida islom dining asosan sunniylik mazhabi keng tarqalgan. Pomir xalqlari orasida asosan shia mazhabining ismoiliylik yoʻnalishi, baʼzilari orasida zardushtiylik dini tarqatgan[1].
Manbalar
- ↑ "Badaxshon" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.