Baby I
| „Baby I“ | ||||
|---|---|---|---|---|
| Ariana Grande qoʻshigʻi | ||||
| Yours Truly albomidan | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2013-yil 22-iyul | |||
| Yozib olingan | 2012 | |||
| Studiya | Brandonʼs Way (Los-Anjeles, Kaliforniya) | |||
| Janr | ||||
| Davomiyligi | 3:17 | |||
| Leybl | Republic | |||
| Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
| Prodyuser(lar) |
| |||
| Ariana Grande xronologiyasi | ||||
| ||||
| Klipi | ||||
| "Baby I" YouTubeda | ||||
Baby I – amerikalik qoʻshiqchi Ariana Grande ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, u 2013-yil 22-iyulda Republic Records tomonidan Grandening ilk studiyaviy albomi „Yours Truly“ (2013) ning ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Kenneth "Babyface" Edmonds, Antonio Dixon va Patrick "J. Que" Smith tomonidan yozilgan va dastlabki ikki muallif tomonidan prodyuserlik qilingan. "Baby I" pop va R&B janrlariga mansub boʻlib, unda barabanlar, misnaysimon asboblar va sinxronizatsiyalangan ritmlar mavjud. Shuningdek, qoʻshiq 90-yillar uslubidagi tezkor ritmni ham oʻz ichiga oladi. Lirik jihatdan, qoʻshiqda kimnidir sevgan holda, his-tuygʻularni toʻliq ifoda eta olmaslik haqida kuylanadi. Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan yaxshi qarshi olingan va ular qoʻshiqning „retro“ uslubini eʼtirof etishgan, baʼzilari esa Grandening vokalini Mariah Careyning vokali bilan solishtirganlar.
Qoʻshiq 2013-yil 8-avgustda Amerika Qo'shma Shtatlarining zamonaviy xit radiostansiyalarida taqdim etildi. Qoʻshiq asosan raqamli sotuvlar tufayli tijoriy jihatdan Billboard Hot 100 chartida 21-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq chartda toʻrt hafta davomida (ketma-ket boʻlmagan holda) oʻz oʻrniga ega boʻldi. Xalqaro miqyosda qoʻshiq Avstraliya, Kanada va Niderlandiya kabi bir nechta mamlakatlar chartlariga kirib, muvaffaqiyat qozondi. Ayniqsa, Yaponiyada qoʻshiq katta muvaffaqiyatga erishib, u yerda oltinchi oʻringa koʻtarildi va RIAJ tomonidan Oltin sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek, RIAA tomonidan Platinum sertifikatiga ham sazovor boʻldi.
Tarixi va chiqarilishi
„Bu menga juda yoqdi. Qoʻshiqda 90-yillar, Aaliyah, Destiny’s Child kabi guruhlarning uslubi seziladi. Uning retro tuygʻusini yoqtiraman, chunki men oʻsha davrda ulgʻayganman va bu qoʻshiq men uchun juda quvnoq boʻlgan. Men bu qoʻshiqning mazmunini ham yaxshi koʻraman. Unda kimnidir shu qadar sevish haqida gap boradiki, hatto nima deyishni ham bilmay qolasiz. Bu juda yoqimli deb oʻylayman. Qoʻshiq matnini birinchi marta eshitganimda kulib yubordim. Bu qoʻshiqda koʻproq kuylash imkoniyatiga ega boʻlishimni yoqtiraman… Bu biroz oʻziga xos.“
— Grandening MTV uchun bergan intervyusida qoʻshiq haqidagi fikrlari[1]
„Baby I“ qoʻshigʻi Kenneth Edmonds (Babyface nomi bilan tanilgan), Antonio Dixon va Patrick „J. Que“ Smith tomonidan yozilgan boʻlib, qoʻshiqning prodyuserligi Babyface va Antonio Dixon tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu qoʻshiq dastlab Beyoncé uchun yozilgan edi, ammo u qoʻshiqni rad etgan[2][3]. Los-Anjelesdagi Brandonʼs Way Recording Studios studiyasidagi sessiyalar davomida Babyface qoʻshiqni Ariana Grandega ijro etib bergan va Grande darhol uni yozib olishga rozilik bildirgan. Qoʻshiq yozib olingach, Jaycen Joshua tomonidan Larrabee Studios studiyasida sayqal berilgan va Tom Coyne hamda Aya Marrill tomonidan Sterling Sound studiyasida mastering ishlari amalga oshirilgan. "Baby I" 2013-yil 22-iyulda Republic Records tomonidan AQShda raqamli yuklab olish formatida chiqarilgan va 2013-yil 6-avgustda AQShning zamonaviy xit radiostansiyalariga yuborilgan[4][5]. Complex jurnaliga bergan intervyusida Grande aslida Mac Miller „Baby I“ qoʻshigʻini albomining ikkinchi singli sifatida tanlaganini aytib oʻtadi. Garchi Ariana bu qoʻshiqning ikkinchi singl sifatida chiqarilishiga ishonmagan boʻlsa-da, u ushbu qoʻshiqni „Dreamgirls“ filmini eslatgani uchun juda yaxshi koʻrishini aytib oʻtgan[6].
Shuningdek Ariana Grande „Baby I“ qoʻshigʻini oʻzining oldingi hiti hisoblangan „The Way“ga nisbatan „koʻproq puxta“ va „yetuk“ deb hisoblagan va u oʻzining musiqiy mahorati va vokal qobiliyatlarini yaxshiroq namoyish etganidan xursand boʻlgan[6]. Qoʻshiq Grandening yapon musiqachisi Taro Hakase ishtirok etgan ikkinchi studiyaviy albomi My Everythingning Yaponiya versiyasi uchun bonus trek sifatida chiqarilgan. Bu versiyada fon instrumentalida yangi aranjirovkalar mavjud boʻlib, Hakase qoʻshiq davomida skripka chalgan[7]. Ushbu versiya 2014—2015-yillar davomida efirga uzatilgan GO-GO Tamagotchi! anime seriyasining ikkinchi yakuniy titrlar musiqasi boʻlgan va ushbu qoʻshiq seriyadagi yapon tilida ijro etilmagan yagona qoʻshiq hisoblanadi[8].
Kompozitsiya
„Baby I“ tezkor tempga ega pop va R&B qoʻshigʻi boʻlib, davomiyligi uch daqiqa oʻn yetti soniyani tashkil qiladi[9][10][4]. Sony Music Publishing tomonidan eʼlon qilingan musiqiy nota maʼlumotlariga koʻra, qoʻshiq Re bemol major tonalligida yozilgan va 4/4 oʻlchovida, 100 zarba/daqiqadagi oʻrtacha tempda ijro etiladi. Grandening vokal diapazoni Re♭4 past notadan Sol♭6 yuqori notagacha yetadi[11][12]. Qoʻshiqda qoʻshiqdagi elementlar truba, saksofon va trombon kabi mis asboblar orqali yanada boyitilgan hamda sinxronizatsiyalangan ritm ham qoʻllanilgan[12][13][9]. Rap-Up nashri yozuvchisi ushbu trekni „yoz uchun yaratilgan qoʻshiq“ deb taʼriflagan va unda Grandening kuchli vokallari yengil ritm bilan uygʻunlashganini qayd etgan[14]. MTV muharirriri Jenna Rubenstein ham shunga oʻxshash fikr bildirgan va qoʻshiqni „sinxronizatsiyalangan, yengil, yozgi va R&B taʼsiriga ega ritmga asoslangan“ deb tavsiflagan[9]. Bir nechta tanqidchilar 90-yillarning taʼsiri nafaqat ushbu trekda, balki butun albomda ham sezilganini qayd etishgan[9][15].
Lirik jihatdan qoʻshiq Grandening kimnidir juda sevib, oʻzining kuchli his-tuygʻularini soʻz bilan ifodalashga qiynalayotgani haqidadir[16]. Bu borada Grande qoʻshiq matnlariga oʻzini yaqin his qilganini va oʻzini juda noqulay va hayajonlangan holda his qilgani haqida gapirgan[1]. Shuningdek, qoʻshiq kompozitsiyasida THXning Deep Note remiksi mavjud[17].
Tanqidchilar fikrlari
"Baby I" koʻplab musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy sharhlar oldi. Idolator veb-sayti tanqidchisi Sam Lansky Ariana Grande ilk albomidagi darajaga erishganini taʼkidlab, uning ajoyib vokal ijrosini maqtaydi. Vokal ijrosini „hamma narsadan yuqori“ deb taʼriflagan. Sam Lansky „Mariah Carey bilan taqqoslashlardan charchayapmiz, lekin haqiqatan ham – yana kimda shunday diapazon bor?“ deya qoʻshimcha qilgan[18]. Entertainment Weekly muharriri Kyle Anderson qoʻshiqni ishlab chiqarilish jarayonini maqtab, uni retro deb atagan va qoʻshiq Grandeni „yangi Mariah Carey“ sifatida koʻrsatadi, deb hisoblagan[15]. Pitchfork uchun yozgan sharhida Andrew Ryce qoʻshiqni ijobiy baholab, „Baby I“ Grandening bu bosqichdagi karerasini juda yaxshi ifodalaydi, deb hisoblagan. Ryce qoʻshiqdagi turli xususiyatlarni taʼkidlab, "Britney Spears uslubidagi „yeah yeah yeah“lardan tortib, shiddatli misnay ijrosigacha, bir-biriga moslashgan holda yengil hip-hop kupletlariga singib ketadi. Grandening cheksiz energiyasi esa uni boshqalardan ajratib turadi, ovozini xuddi hech narsa boʻlmagandek juda oson ishlatadi" deya qayd etgan[13].
Yours Truly albomini sharhlar ekan, Sputnikmusic muharriri "Baby I" va "The Way"ni „eng yoqimli va qayta-qayta tinglashga arziydigan qoʻshiq“ sifatida baholagan[19]. Digital Spy tanqidchisi Lewis Corner esa qoʻshiqni „sevgi bilan limmo-lim toʻlgan, jonli va hayajonli“ deb taʼriflagan[20]. Albomni tahlil qilgan The Michigan Dailydan Gregory Rich esa „aksariyat qoʻshiqlar lirik va melodik jihatdan sifatli, ammo baʼzida ritmlarning haddan tashqari ishlatilishi tinglovchiga halaqit qiladi“ degan fikrni bildirgan. U, shuningdek, „Baby I“ning deyarli har bir mavjud ritmdan foydalangani ortidan qoʻshiqda „chalkashlik“ paydo boʻlganini taʼkidlagan[21]. MTV muharriri Jenna Hally Rubenstein oʻz sharhida qoʻshiqdagi vokal ijrosini Grandening oldingi singliga nisbatan yuqori baholab, „The Way“ Ariana uchun balandlikni belgilab bergan boʻlsa, „Baby I“ bu balandlikni yanada oshiradi" deb aytib oʻtgan va qoʻshiqni „munosib davomchi“ deb atagan[9].
Tijoriy natija
"Baby I" qoʻshigʻi Amerika Qo'shma Shtatlarida 2013-yilning 10-avgustida Billboard Hot 100 chartida 21-oʻrinda debyut qilgan va bu bilan „The Way“dan keyin Ariana Grandening ikkinchi 40 talikka kirgan singliga aylangan[22][23]. Qoʻshiq chiqarilgandan soʻng birinchi haftada 141,000 nusxada raqamli yuklab olish amalga oshirilgan, bu esa uni AQSh Billboard Hot Digital Songs chartida oltinchi oʻrinda debyut qilishiga olib kelgan[24][24]. Shu bilan Grande 2013-yilda ushbu chartda bir nechta qoʻshiqlari eng yaxshi oʻntalikda debyut qilgan yagona ayol ijrochiga aylangan. „Baby I“ning musiqiy videosi chiqqanidan keyin qoʻshiq Billboard Hot 100 chartiga qayta kirib, 94-oʻrindan 60-oʻringacha koʻtarilgan[25]. AQSh Dance Club Songs chartida esa qoʻshiq 10 hafta davomida chartga kirgan. Eng yuqori koʻrsatgich esa 18-oʻrin boʻlgan[26]. Shuningdek, Rhythmic chartida 28-oʻrinni egallagan[27]. „Baby I“ qoʻshigʻi chiqarilganidan deyarli besh yil oʻtib, 2018-yil mart oyida RIAA tomonidan Platina sertifikatiga ega boʻlgan.
„Baby I“ Kanadada 2013-yilning 10-avgustida Canadian Hot 100 chartida 57-oʻrindan debyut qilgan va bu uning eng yuqori oʻrni boʻlgan[28]. Birlashgan Qirollikda esa qoʻshiq albom chiqishi bilan UK R&B Chartida 26-oʻringa chiqqan[29][30]. Avstraliyada esa 2013-yilning 3-avgustida ARIA Chartsda 67-oʻrindan debyut qilgan[31].
„Baby I“ Yaponiyada ham tijoriy muvaffaqiyatga erishgan boʻlib, 2014-yilning 22-fevralida Japan Hot 100 chartida 6-oʻringa chiqqan va Japan Hot Overseas chartida birinchi oʻrinni egallagan[32]. 2014-yil yakuniy chartlarida qoʻshiq 38-oʻrinni egallagan va RIAJ tomonidan oltin sertifikatga ega boʻlgan[33].
Musiqiy video
"Baby I" qoʻshigʻining musiqiy videosi 2013-yilning 28—29-iyul kunlari suratga olingan. Ariana Grande videoni koʻrish davomida tomoshabinlar 1990-yillarga sayohat qilishi va koʻplab rang-baranglikning guvohi boʻlishini aytib oʻtgan[1]. Grande videoning TLC va Will Smith tomonidan 1990-yillarning boshlarida chiqarilgan musiqiy videolari kabi yengillikni aks ettirishni xohlaganini aytgan. Video tizeri Grandening shaxsiy YouTube kanaliga 2013-yilning 5-sentyabrida joylashtirilgan[34]. Rasmiy musiqiy video esa 6-sentyabrda uning Vevo akkauntida chiqadi[35]. Video 2015-yilning 13-iyulida 100 million tomosha sonidan oshib, Grandening Vevo tomonidan sertifikatlangan yettinchi musiqiy videosiga aylandi[36][37]. 2018-yil iyul oyiga kelib, video Vevoda 155 milliondan ortiq marta tomosha qilingan.
MTV muharriri Christina Garibaldining soʻzlariga koʻra, video 90-yillarning modasini toʻgʻridan-toʻgʻri aks ettirgan. Videoga faqatgina tasmali bilakuzuklar yetishmagan. Ariana Grande Billboardga bergan intervyusida, video konsepsiyasi haqida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan:
"Bu 90-yillarni qayta his qilish kayfiyatiga ega boʻlib, men oʻxshatish bilan TLC va Fresh Prince uslubidagi kayfiyatni nazarda tutdim. „Keling, juda qiziqarli, 90-yillar ajoyib kiyimlari bilan chiqaylik, shunchaki raqsga tushib, oʻyin-kulgi qilaylik“ deya taʼkidladim"[38].
Video Grandening bir bayramga kelishi bilan boshlanadi. Birinchi kuplet davomida, u kalta shortiklar va qorin qismini ochib turadigan top kiygan holda koʻchani yopib qoʻygan doʻstlari bilan birga chiqadi. Garibaldining fikricha bunday kiyimlar Mariah Careyning 1995-yilgi „Fantasy“ videosidagi libosni eslatadi[39]. Videoning yarmida yana bir sahna namoyish etiladi, bu sahnada Grande koʻchada raqs tushib, kuylaydi. AXS muharriri Lucas Villa Grandening Nyu-York koʻchasida raqs tushayotganini qayd etgan[40]. Shuningdek, u oʻz raqqosalari bilan avtobusda qoʻshiq kuylagan holda ham koʻrinish bergan[39]. Video oxirida Grande nafis mikrofonlar va portativ stereo tizimlar bilan toʻla bayramga qaytadi[39].
Jonli ijrolari
Ariana Grande 2013-yil MTV Video Music Awards shousida „The Way“ qoʻshigʻi bilan birga „Baby I“ni ijro etgan. U faqatgina birinchi kuplet, xorus va bridjni kuylagan, keyin esa „The Way“ qoʻshigʻiga oʻtgan[41]. Caitlin White Grandening chiqishini yuqori baholab, uning „ajoyib, toʻxtatib boʻlmaydigan vokali uning yakkaxon ijroda ham porlay olishini isbotladi“ deb taʼkidlagan[42]. Grande shuningdek, „Baby I“ qoʻshigʻini 2013-yilgi Worldwide Day of Play tadbirida ham ijro etgan[43]. Uning YouTube kanalida eʼlon qilingan videoda u musiqachi Dan Kanter hamrohligida qoʻshiqning akustik versiyasini ijro etgan[44]. Bu qoʻshiq uning The Listening Sessions nomli bosh tur dasturining bir qismi sifatida ham ijro etilgan va Justin Bieberning Believe Tour konsertlaridagi ochilish chiqishlarida ham paydo boʻlgan[45][46]. Shuningdek, qoʻshiq 2015-yilgi The Honeymoon Tour konsertlarining ayrim shoularida ham ijro etilgan[47]. Grande bu qoʻshiqni 2015-yilning 16-avgustida Yaponiyaning Chiba shahrida boʻlib oʻtgan Summer Sonic Festivalda ham ijro etgan[48][49].
Xodimlar va ishtirokchilar
Xodimlar va ishtirokchilar „Yours Truly“ albomining albomdagi izohlarga asoslanib olingan[12].
Yozib olish va menejment
- Brandonʼs Way Recording Studios (Los-Anjeles, Kaliforniya) studiyasida yozib olingan
- Larrabee Studios (Los-Anjeles, Kaliforniya) studiyasida miksing qilingan
- Sterling Sound (Los-Anjeles, Kaliforniya) studiyasida mastering qilingan
- Nashr etuvchi: Faze 2 Music – Universal Songs, Inc. tomonidan boshqariladi – (BMI), Rafael’s Son Music. (ASCAP), Christopher Matthew Music Publishing/BMG. (BMI)
Ishtirokchilar
|
|
Chartlar
Haftalik chartlar
| Chart (2013—2014) | Eng yaxshi natija |
|---|---|
| 67 | |
| 57 | |
| 6 | |
| 39 | |
| 145 | |
| 26 | |
| 21 | |
| 18 | |
| 28 |
Yil yakunlari boʻyicha
| Chart (2014) | Oʻrni |
|---|---|
| 38 |
Chiqarilish sanalari
| Hudud | Sana | Format | Leybl | Manba |
|---|---|---|---|---|
| 2013-yil 22-iyul | Raqamli yuklash | Republic | [4] | |
| August 5, 2013 | Zamonaviy ritmik radiolar | [53] | ||
| August 6, 2013 | Zamonaviy xit radiostansiyalar | [5] |
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Vena, Jocelyn „Will Ariana Grande Time-Travel To The '90s For 'Baby I' Video?“. MTV (2013-yil 26-iyul). 2013-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.
- ↑ Was, Mike „Ariana Grande Heats Up 'Complex' Magazine, Reveals "Baby I" Was Written For Beyonce“. Idolator (2013-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 8-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ La Puma, Joe (November 5, 2013). „Ariana Grande: "Shadow of a Doubt" (2013 Cover Story)“. Complex. Qaraldi: April 9, 2017.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „iTunes – Music – Baby I – Single by Ariana Grande“. Apple Music (2013-yil 22-iyul). 2013-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Top 40/M Future Releases“. AllAccess. 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ 6,0 6,1 Nostro, Lauren (August 27, 2013). „Who Is Arian Grande? – Her Singles "Baby I" and "Right There"“. Complex. Qaraldi: June 18, 2017.
- ↑ My Everything (Japanese edition) (CD liner notes). Ariana Grande. Republic Records. 2014.
{{cite AV media notes}}: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ „Tamagotchi Anniversary Event in Odaiba & Ariana Grande's Theme Song“. Tokyo Direct Guide (2013-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Rubenstein, Jenna Hally „New Song: Ariana Grande, 'Baby I'“. MTV (2013-yil 22-iyul). 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
- ↑ Lipshutz, Jason (July 16, 2013). „Ariana Grande Previews 'Baby I' Single, Announces Tour Dates“. Billboard. Qaraldi: July 22, 2013.
- ↑ „Ariana Grande "Baby I" Sheet Music – Download & Print“. Sony Music Publishing (2013-yil 5-avgust). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Yours Truly (booklet). Ariana Grande. Republic Records. 2016. 2-bet. 47871096.
{{cite AV media notes}}: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ 13,0 13,1 „Ariana Grande – Yours Truly“. Pitchfork (2013-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „New Music: Ariana Grande – 'Baby I'“. Rap-Up (2013-yil 22-iyul). Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
- ↑ 15,0 15,1 Anderson, Kyle (July 22, 2013). „Ariana Grande's new single 'Baby I': Hear it here“. Entertainment Weekly. Qaraldi: July 22, 2013.
- ↑ „Ariana Grande "Baby I" (New Music)“. Global Grind (2013-yil 22-iyul). Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ „Thursday Thoughts: Who knew?“ (2018-yil 21-iyun). Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- ↑ Lansky, Sam „Ariana Grande's "Baby I": Hear The Breezy Single“. Idolator (2013-yil 22-iyul). 2013-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
- ↑ „Ariana Grande – 'Yours Truly'“. Sputnikmusic (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „Ariana Grande: 'Yours Truly' – album review“. Digital Spy (2013-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „Ariana Grande strives for diva stardom on unexceptional 'Yours Truly'“. The Michigan Daily (2013-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ 22,0 22,1 "Ariana Grande Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
- ↑ Lipshutz, Jason (July 31, 2013). „Ariana Grande Unveils 'Yours Truly' Artwork, Confirms Release Date“. Billboard. Qaraldi: July 31, 2013.
- ↑ 24,0 24,1 Caulfied, Keith (July 31, 2013). „Selena Gomez Earns First No. 1 on Billboard 200“. Billboard. Qaraldi: July 31, 2013.
- ↑ „Music: Top 100 Songs – 2013-09-21“. Billboard. Qaraldi: April 23, 2017.
- ↑ 26,0 26,1 "Ariana Grande Chart History (Dance Club Songs)". Billboard. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
- ↑ 27,0 27,1 "Ariana Grande Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2013-yil 16-oktyabr.
- ↑ 28,0 28,1 "Ariana Grande Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
- ↑ „Official R&B Singles Chart“. Official Charts Company. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
- ↑ Collar, Matt „Yours Truly – Ariana Grande | Songs, Reviews, Credits, Awards“. AllMusic (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
- ↑ 31,0 31,1 „Chartifacts“. ARIA Charts. 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-avgust.
- ↑ 32,0 32,1 "Ariana Grande Chart History (Japan Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
- ↑ 33,0 33,1 „2014 Year End Charts – Japan Hot 100“. Billboard. Qaraldi: December 9, 2014.
- ↑ „Ariana Grande's Sunny 'Baby I' Video: Get A Sneak Peek!“. MTV (2013-yil 5-sentyabr). 2018-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
- ↑ „Ariana Grande's 'Baby I' Video Takes You Back To The '90s (Watch)“. The Huffington Post (2017-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
- ↑ @VEVO. „VEVO on Twitter: "Oh, baby! @ArianaGrande's "Baby I" is now #VevoCertified with 100M views"“ (2015-yil 13-iyul). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
- ↑ „More than 100 million views: "One Last Time" by Ariana Grande is "VEVO Certified"“ (de) (2015-yil 5-noyabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
- ↑ „Ariana Grande Video Interview: Pop Star Talks 'Baby I' Video & Touring Future“. Billboard. September 13, 2013. Qaraldi: April 9, 2017.
- ↑ 39,0 39,1 39,2 „Ariana Grande Invites You Back To The '90s In 'Baby I' Video“. MTV (2013-yil 9-sentyabr). 2017-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „Ariana Grande releases preview of '90s-inspired 'Baby I' music video“. AXS (2013-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
- ↑ „Austin Mahone & Ariana Grande At VMAs Pre-Show: Who Was Better?“. Hollywood Life (2013-yil 25-avgust).
- ↑ „Look At How Far Ariana Grande's Come Since Her 2013 Vma Performance!“. MTV (2014-yil 7-fevral). 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ „Ariana Grande and BTR'S Concert Special!“. Nickelodeon (Official Website). Qaraldi: 2017-yil 10-iyul.
- ↑ „Ariana Grande – The Way & Baby I acoustic with Dan Kanter“. YouTube (2013-yil 9-avgust). 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ Lipshutz, Jason (July 16, 2013). „Ariana Grande Previews 'Baby I' Single, Announces Tour Dates“. Billboard. Qaraldi: July 8, 2017.
- ↑ @ArianaGrande. „Ariana Grande on Twitter: Opening for Justin Bieber in a week! #BelieveTour“ (2013-yil 31-iyul). 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ „Ariana Grande breaks free, shows Manila love in concert“. The Philippine Star (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ „Pharrell, Chemical Brothers & More Shine at Japan's Summer Sonic Festival“. Billboard. August 17, 2015. Qaraldi: July 10, 2017.
- ↑ „Ariana Grande – Baby I (Live at Summer Sonic 2015)“. YouTube (2015-yil 17-avgust). 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyul.
- ↑ „Ariana Grande – Baby I Dutch Tipparade“ (nl). Dutch Top 40. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ Zywietz, Tobias „Chart Log UK: New Entries Update – 14.09.2013 (wk36)“. zobbel.de (2013-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-oktyabr.
- ↑ "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2017-yil 12-iyul.
- ↑ „FMQB: Radio Industry News, Music Industry Updates, Arbitron Ratings, Music News and more!“. FMQB. September 1, 2013da asl nusxadan arxivlandi.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.