AzeriCard
| Turi | MChJ |
|---|---|
| Tarmogʻi | Moliyaviy xizmatlar |
| Egasi | Ozarbayjon xalqaro banki (100%) |
| Qachon asos solingan | 1996 |
| Joylashuvi | Boku, Ozarbayjon |
| Hududiy xizmati | Ozarbayjon |
| Mahsulot(lar)i | Protsessing, Mobil hamyon, bank xizmatlari |
| Vebsayti | azericard.com |
| Til(lar)i | Ozarbayjoncha, inglizcha, ruscha |
AzeriCard — Ozarbayjonning bank kartalariga xizmat koʻrsatuvchi (protsessing) kompaniyasi.[1] Ozarbayjon xalqaro banki AzeriCard aksiyalarining 100 foiziga egalik qiladi.[2]
Mahsulotlar
Mobil hamyon
- AzeriCard mijozlarga „mobil hamyon“ deb nomlanuvchi xizmatni taklif etadi. Mijozlar bank kartasidan foydalanmasdan, smartfon yordamida bankomatlardan naqd pul yechib olishlari mumkin. Ushbu texnologiya „Way4 Cash By Code“ deb nomlanadi.[3]
- AzeriCard ushbu mobil hamyon xizmatini yaratishda „OpenWay“ texnologiya kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan.
- 2011-yilga kelib, Ozarbayjondagi 15 ta bank AzeriCard tomonidan taqdim etilgan mobil banking texnologiyasidan foydalangan.[4]
Bozor ulushi
- 2016-yil noyabr oyi oxiri holatiga koʻra, Ozarbayjondagi plastik kartalarning 35 foizi, bankomatlarning 65 foizi va POS-terminallarning 62 foiziga AzeriCard tomonidan xizmat koʻrsatilgan.[5]
- Hozirgi kunda yigirmadan ortiq mahalliy va xalqaro banklar AzeriCard xizmatlaridan foydalanmoqda.
Raqobatchilar
2017-yil boshidagi maʼlumotlarga koʻra, Ozarbayjonda AzeriCarddan tashqari karta protsessingi xizmatlarini koʻrsatuvchi yana ikkita kompaniya mavjud: „MilliKart“ va „KapitalBank“.[6]
Tarixi
Birinchi bank kartasi
- 1997-yilda AzeriCard Ozarbayjondagi eng birinchi bank kartasini yaratgan; karta Ozarbayjon xalqaro banki tomonidan muomalaga chiqarilgan.[7]
- AzeriCard tizimlari MasterCard, Visa, American Express, Diners Club, UnionPay va JCB International bilan hamkorlikda ishlaydi.
Egalik shakli
- AzeriCard Ozarbayjon xalqaro bankining bir nechta shoʻba korxonalaridan biridir. Boshqa shoʻba korxonalar:
- IBA-Moscow
- Ozarbayjon xalqaro banki-Gruziya
- Xalqaro sugʻurta kompaniyasi
- Ozarbayjon xalqaro bankidan tashqari, AzeriCard bevosita IBA-Moscow va IBA-Georgia bilan ham hamkorlik qiladi.
Mijozlar
AzeriCard xizmatlaridan foydalanadigan banklar:[1]
- AGBank
- Amrahbank
- AtaBank
- Bank Respublika
- Ozarbayjon xalqaro banki
- PASHA Bank
- Yelo Bank
- Ziraat Bank Azerbaijan
- Silk Way Bank
- TuranBank
- Xalq Bank
- AFB Bank
- Azer-Turk Bank
- Bank Avrasiya
- Bank BTB
- NBC Bank
- Caspian Development Bank
- MuganBank
- Rabitabank
- VTB Bank Azerbaijan
- KDB Bank Uzbekistan (Oʻzbekiston)
Shuningdek qarang
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 “AzeriCard and OpenWay bring cardless ATM withdrawals to Azerbaijan", Finextra Research veb-sayti, 9-avgust 2013-yil
- ↑ J. Nasibova, “Level of non-cash payments use increases in Azerbaijan", Trend News Agency, 20-noyabr 2012-yil
- ↑ Elliott Holley, “Azerbaijan mobile wallet makes debut" (Wayback Machine saytida 2016-03-02 sanasida arxivlangan), Banking Technology, 8-avgust 2013-yil
- ↑ N. Ismayilova, “Azerbaijani processing centre to introduce new version of mobile banking", Trend Daily Economic News, 20-noyabr 2012-yil
- ↑ H. Valiyev, “BRIEF: Azericard introduces cash transfer service to cards using ATMs," Trend News Agency, 10-dekabr 2012-yil
- ↑ A. Hasanov, “Non-cash payments in Azerbaijan to create a breakthrough in card market", Trend Daily Economic News, 29-fevral 2012-yil
- ↑ "First Bank Card in Azerbaijan Marks 15 Years from Date of Issue", Economic News (Information Agency Oreanda), 14-noyabr 2012-yil
Havolalar
- AzeriCard rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2024-08-12 sanasida arxivlangan)
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.