Ayvon

Multiple iwans and tiled domes of the 16th-century Persian-style Mir-i-Arab madrasa, Bukhara, Uzbekistan

AyvonOʻrta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yoz fasli)ga moʻljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. Ayvonning shimolga qaratib solinadigan (ters ayvon) va janubga qaratib solinadigan (oʻng ayvon, kungay ayvon) xillari boʻladi. Tuzilishi jihatidan Ayvonning dahliz-ayvon, ustunli ayvon, ravoqli ayvon. kabi turlari bor. Ravoqli ayvonning eng murakkabi peshtoq shaklida quriladi. Ayvon sahni koʻpincha sufa (supa) deb ataladi. Ayvon, odatda, chiroyli qilib bezatiladi. Shifti va devorlari boʻyaladi, yogʻoch ustunlariga oʻyma naqshlar solinadi. Ayvon oʻzbek milliy meʼmorligida qadimgidan turar joy va jamoat binolarining muhim qismi boʻlib kelgan. Ayvon hovli, masjid, madrasa, doʻkon va saroylarda yozgi bino sifatida qurilgan. Ayvon joyning iqlimiy sharoitiga qarab turli shaklda quriladi. Masalan, Fargʻona vodiysida ayvon imorat oldiga qurilib, peshayvon deb yuritiladi. Buxoro ayvonlari baland va kambar (past) boʻladi. Toshkent va Samarqand ayvonlari koʻpincha xonalar oldi va oraligʻiga quriladi. Xorazm (koʻproq Xiva) ayvonlari atrofdagi xonalardan balandroq va shimoliy tomonga qaratib quriladi. Bunday ayvonlarni xorazmliklar ullu ayvon (katta yoki shoh ayvon) deyishadi. Xiva hovlilarida kambar (ters) ayvonlar ham boʻlib, ular koʻpincha xoʻjalik binolari oldiga quriladi. Baʼzi shevalarda (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) bostirma shaklidagi binolarni ham ayvon deb ataydilar. Xalq tilida (oʻzbekchada) binoning balkon, veranda kabi qismlari ham ayvon deb yuritiladi.

Etimologiya

Ayvon soʻzi fors tiliga mansub boʻlib, keyinchalik arab, turk va boshqa tillarga ham kirib borgan[1] . Uning hozirgi forscha shakli eyvān boʻlib, etimologiyasi aniq emas.

Ernst Gertsfeld va Valter Bruno Xenning kabi olimlar ushbu atama ildizi qadimgi forscha apadāna soʻziga borib taqalishini taxmin qilganlar, biroq bu fikr hozirgi ilmiy adabiyotda qatʼiy qabul qilinmaydi[2].Apadāna atamasi zamonaviy tadqiqotchilar „Apadana saroyi“ deb ataydigan Persepolis majmuasida uchraydi. Unda podsho Doro I bir yozuvida shunday deydi: „Men, Doro, … ushbu apadānani qurdirganman.“ Bu misolda soʻz aynan eyvon tipidagi inshootni anglatadi, saroyning oʻzini emas.

Qadimgi fors tilida ushbu soʻzning maʼnosi „himoyasiz, ochiq“ degan mazmunga ega boʻlib, [citation needed] bunday inshootning bir tomoni tabiat taʼsiriga ochiq boʻlishini ifodalagan. Biroq Persepolisdagi apadāna ustunlarga tayanadigan tekis tomli ayvon koʻrinishida boʻlib, shunga qaramay, inshootning faqat bir tomoni ochiq holda qurilgan.

Parfiyalar va Sosoniylar davriga kelib, ayvon ikki turda shakllangan: qadimgi ustunli koʻrinishi va keyinroq paydo boʻlgan gumbazli yopiqli shakli. Ikkala tur ham tabiiy sharoitlarga bir tomoni ochiq boʻlgani sababli apadāna/eyvon deb atalishda davom etgan.[citation needed]

Ivan shakli esa Eron hududida ishlatiladigan variant boʻlib, forscha talaffuzni aks ettiradi[3] .

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Grabar, Iwan „Īwān“, . Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Brill, 1997. ISBN 9789004161214. 
  2. Grabar, Oleg „AYVĀN“ (en-US). Encyclopaedia Iranica (2011). Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
  3. Sitwell (1957)

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.