Axel Hirsoux

Axel Hirsoux
Axel Hirsoux (2014)
Axel Hirsoux (2014)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Axel Hirsoux
1982-yil 26-sentyabr (1982-09-26) (43 yosh)
La Hestre, Manage, Belgiya
Janrlar Pop
Kasbi Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2013–hozirgacha
Fuqaroligi Belgiya
Veb-sayt https://web.archive.org/web/20170312181253/http://www.axel-hirsoux.com/

Axel Hirsoux (1982-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — belgiyalik xonanda. U Daniyaning Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovida „Mother“ qoʻshigʻi bilan Belgiya sharafini himoya qilgan[1]. „Eurosong“ milliy saralash tanlovining final bosqichida u tomoshabinlar ovozlarining 50 foizdan ortigʻini qoʻlga kiritgan hamda xalqaro hakamlar hayʼatidan maksimal 12 ballni toʻrt marotaba olgan[2].

Karyerasi

The Voice Belgique

2013-yilda Hirsoux Valloniya mintaqasida oʻtkazilgan isteʼdodlar tanlovlarida, jumladan, „The Voice Belgique“ teleloyihasida ishtirok etgan. U mazkur musobaqaning ikkinchi bosqichida tanlovni tark etgan[3].

Eurovision-2014

2014-yilda Hirsoux Belgiya teleradiokompaniyasi VRT tomonidan tashkil etilgan hamda „Eurovision-2014“ tanlovi uchun milliy saralash vazifasini oʻtagan „Eurosong 2014“ musobaqasida ishtirok etishi eʼlon qilingan. U dastlabki saralash dasturida „Mother“ qoʻshigʻini ijro etgan va yarim final bosqichiga yoʻl olgan. 2014-yil 9-mart kuni oʻtkazilgan uchinchi yarim finalda ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqqan. Musobaqa finali 2014-yil 16-mart kuni Antverpendagi Sportpaleis arenasida boʻlib oʻtgan. Yakunda Hirsoux gʻolib deb topilgan va Daniyaning Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovida „Mother“ qoʻshigʻi bilan Belgiya sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan. 2014-yil 20-yanvarda Kopengagen shahar hokimiyatida oʻtkazilgan yarim final taqsimoti qurʼasiga koʻra, Belgiya 6-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalning ikkinchi qismida sahnaga chiqishi belgilangan. Biroq „Mother“ qoʻshigʻi final yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Hirsoux birinchi yarim finalda 28 ball toʻplab, 14-oʻrinni egallagan.

Tanlovdan soʻng, 2014-yil 7-iyulda u „Bellissimo“ nomli singlini taqdim etgan[4] In November 2014 Hirsoux & Camille Beniest released the single „Because You Need Me“.[5]. Oʻsha yilning noyabr oyida Camille Beniest bilan hamkorlikda „Because You Need Me“ singlini nashr etgan. 2015-yil 1-iyunda esa „Haut l’humain“ nomli navbatdagi singlini eʼlon qilgan[6].

Shaxsiy hayoti

Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovi vaqtida Hirsoux OUTtv telekanaliga bergan intervyusida erkak kishi bilan turmush qurganini maʼlum qilgan[7].

Diskografiyasi

Singllari

Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom
BEL (Vl)
[8]
BEL (Wa)
[9]
„Mother“ 2014 7 32 Albomdan joy olmagan
„Bellissimo“ 49[A]
„Because You Need Me“
(Camille Beniest bilan)
83[A]
„Haut l’humain“ 2015  —
„Après l’hiver“ 2015  —
„Au plus près de mes rêves“ 2016  —

Manbalar

  1. Granger, Anthony „Belgium: Axel Hirsoux Has Won!“. Eurovoix.com (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2014-yil 16-mart.
  2. „Belgium: Axel Hirsoux wins Eurosong with 'Mother'“ (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  3. „Eurosong 2014: Axel Hirsoux (Dutch)“.
  4. iTunes — Music — Bellissimo — Single by Axel Hirsoux
  5. iTunes — Music — Because You Need Me — Single by Axel Hirsoux & Camille
  6. iTunes — Music — Haut l’humain — Single by Axel Hirsoux
  7. „Axel Hirsoux getrouwd met een man“ (Dutch) (2014-yil 7-may). 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Hung, Steffen „Discografie Axel Hirsoux“. Belgium (Flanders) Charts Portal. Hung Medien (Steffen Hung). 2014-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Hung, Steffen „Discographie Axel Hirsoux“. Belgium (Wallonia) Charts Portal. Hung Medien (Steffen Hung). 2014-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan.

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.