Assom

Accom – Hindistonning shimoliy – sharqidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlari etagidan. Maydoni 78,5 ming km². Aholisi 22,3 mln. kishi (1991-yil), yarmidan koʻprogʻini assomlar, 18% ni bengallar tashkil etadi. Maʼmuriy markazi – Dispur shahri Qadimda va ilk oʻrta asrlarda Accom hududi Kamarupa deb atalgan. Angliya – Birma urushlari (XIX asr) natijasida Accom Angliyaning Hindistondagi mulklariga qoʻshib olingan. 1950-yildan Hindiston Respublikasi shtati. Shtat aholisining 9/10 qismi Brahmaputra va Surma vodiysida, qolganlari togʻli viloyatlarda yashaydi. Accom hududining yarmi past tekislik, qolgan qismi balandlik 3826 metr gacha boʻlgan Accom togʻlaridan iborat. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi tropik, musson iqlim, sernam. Dunyoda eng koʻp yogʻin tushadigan joy. Yiliga 12500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar va bu-tazorlar bor. Accom Hindistonda choy yetishtiradigan va sholi hamda jut ekishga ixtisoslashgan mayda dehqon xoʻjaliklari oʻlkasidir. Aholining 80% ga yaqini qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Accomning yer maydonining 15% iga ekin ekiladi. Butun Hindistonda yetishtiriladigan choyning yarmiga yaqinini Accom beradi. Loviya, shakarqamish, tamaki, paxta, kunjut, indov va xantal ekiladi. Accomning ishlab beruvchi sanoati nisbatan yirik choy fabrikalaridan, faner va yashik ishlab chiqaradigan korxonalar, objuvoz va yogʻ korxonalari, Dhubridagi gugurt fabrikasidan iborat. Digboy va Naharkatiya Hindistonda neft chiqariladigan muhim rayondir. Neft qazib olish va qayta ishlash Accom sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Koʻmir (Margerita) va ohaktosh qazib chiqarish mahalliy ahamiyatga ega. Brahmaputra vodiysi boʻylab oʻtadigan temir yoʻl Accom Hindistonning boshqa qismlari bilan bogʻlaydi; Brahmaputradan Dibrugarhgacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.