Ashiko

Ashiko — Gʻarbiy Afrikaning kesik konusli doʻmbira, barabanidir. Ashiko qoʻllar bilan chalinadi.

Paydo boʻlishi

Gʻarbiy Afrika, tahminan Nigeriya ashikoning vatani hisoblanadi. Birinchi boʻlib yoruba xalqida paydo boʻlgan. Cholgʻu asbobi nomi oʻzbek tiliga „erkinlik“ deb tarjima qilinadi[1][2]. Ashiko davolash, bagʻishlash marosimlari, harbiy tadbirlar, arvohlar bilan muloqot qilish, uzoq masofalarga ishoralar berish va b. maqsadida qollanilgansignallarni uzatish va boshqalarda qoʻllangan.

Ashiko shaklidagi doʻmbiralar Kubada boku deb ataladi va karnavallar va komparsa deb ataluvchi koʻcha sayllarida ishlatiladi.

Tuzilishi

Doʻmbira tanasi kesik konus shaklida boʻlib, uning keng asosiga charm tortilgan. Pastki qismi esa ochiq boʻladi. Odatda qattiq yogʻoch gʻoʻlasidan yasaladi. Lekin, zamonaviy ashikolar (boshqa koʻplab shunday cholgʻular singari) toʻqilgan tolalardan yasalgan. Membrana sifatida echki yoki antilopa terisi, ayrim hollardagina qoramol terisidan foydalaniladi. Membrananing tortilganlik darajasi arqonlar va halqalar tizimi bilan boshqariladi. Zamonaviy ashikolarda plastik membranalar qoʻlllanilishi mumkin. Balandligi yarim metrdan bir metrgacha boʻlgan ashikolar ham bor.

Chalish texnikasi

Jembe cholgʻu asbobidan farqli oʻlaroq, ashikaning konussimonligi faqat uchta asosiy ohang chiqarish imkonini beradi. Uning ovozi zarbaning membrana cheti (yoki markaziga) qanchalik yaqin boʻlganiga bogʻliq. Ashiko anʼanaviy musiqada deyarli hech qachon jembega hamroh boʻlmaydi. Chunki bu ikkisi butunlay boshqacha doʻmbiralardir. Ashiko „erkak“ doʻmbira, jembe esa „ayol“ doʻmbira ham deyiladi.

Manbalar

  1. там же
  2. все источники лишь предполагают, см. здесь (Wayback Machine saytida 2008-06-19 sanasida arxivlangan)

Havolalar

Yana qarang

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.