Arximed

Arximed
Αρχιμήδης
Tavalludi mil. avv. 287
Vafoti mil. avv. 212
Sirakuza
Fuqaroligi Syracuse
Otasi Phidias

Arximed (yunoncha: Ἀρχιμήδης; mil. avv. 287-212) Sirakuzalik qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi — Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan. Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari, yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan "Arximed kuchi" yoki „Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida oʻrin egallaydi. Miloddan avvalgi 212-yilda rimliklar Sirakuzani bosib olgandan soʻng Arximed oʻldirilgan[1].


Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Yana qarang

Havolalar



Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.