Arra

Arra

Arra – yogʻoch, metall, tosh, suyak, shox, sadaf va boshqalarni kesish va qirqish uchun ishlatiladigan qirra tishli asbob. Poʻlat plastinka va disksimon qilib yasaladi. Turlari: bir kishi ishlatadigan arra – dastarra (qoʻlarra), ikki kishi ishlatadigan arra – gʻoʻlabur arra, yogʻochdan noziq buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan arra – taxtabur arra. Shakli va ishlatilishiga koʻra, pushtakli arracha, kashakli-shadabur, bekashak-shadabur, yirik tishli shadabur, mayinbur, yirik tishli burush, mayin tishli burush, noziq, pargar, poʻlat, sadaf, sarbur, takchir, xatbur, chap, chingʻiza, shoh, beda arralar deb yuritiladi. Texnika taraqqiy etishi bilan arralarning mexanik turlari yaratilgan. Mexanik arralarning metall kesuvchi, taxta tiluvchi va daraxt kesuvchi xillari bor. Taxta tiluvchi va metall kesuvchi arralar plastina, ya'ni polotnoli, zanjirli va diskli boʻladi. Oʻrmonda daraxtlarni agʻdarishda kerosin yoki benzin bilan ishlaydigan arralardan foydalaniladi. Yogʻoch, faner yoki yumshoq metalldan egri chiziqli shakldor buyumlar yasashda ishlatiladigan ramasimon arra lobzik deb ataladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.