Armatura

Armaturalar

Armatura (lotincha: armatura – qurollanish, anjomlar), xususan temir-beton konstruksiyalar armaturasi – betonning choʻzilishga (kamdan-kam siqilishga) mustahkamligini oshirish uchun moʻljallangan tarkibiy qismi. Asosan poʻlatdan yasalgan egiluvchan armatura (sterjen yoki payvandlangan toʻr), baʼzan bikr armatura (prokat qoʻshtavrlar, shveller, burchaklik) ishlatiladi. Mustahkamligi va plastikligi boʻyicha sterjensimon (diametri 6+90 mm), chiviqsimon (diametri 3+8 mm) va zoʻrikma (900 Mn/sm2 va undan ortiq kuchga chidaydigan) armaturalarga boʻlinadi. Poʻlat armaturalar baʼzan oyna orasiga va choʻyan quymalarning choʻzilish zonasiga ham qoʻyiladi. Turkistonning qadimgi binokor ustalari ham armaturadan keng foydalanganlar. Sinchli devor orasiga qoʻyiladigan sinch, paxsa devor orasiga qoʻyiladigan shox-shabba va qamishlar, loyga qoʻshiladigan somon oʻsha davrning armaturasi edi.

Shuningdek armatura atamasi ostida mashina, konstruksiya, inshootlarning toʻgʻri ishlashini taʼminlovchi yordamchi qurilma va detallar toʻplami ham tushuniladi. Masalan, vodoprovod armaturasi (klapanlar, kranlar, suv oʻlchagich va hokazo); qozonxona armaturasi (termometrlar, manometrlar, saqlagich klapanlari); isitish tizimi armaturasi (termoregulatorlar, termostatlar va hokazo); gaz tizimi armaturasi (kran va klapanlar, reduktorlar va hokazo); elektr texnikasi armaturasi (patronlar, oʻchirib yoqqichlar, rozetkalar, qandillar va hokazo)[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar


Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.