Appretlash
Appretlash (frans. appreter – uzil-kesil ishlov berish) – gazlamalarga turli pardoz eritmalari (appretlar) 583 shimdirib yoki surtib zeb berish, ularni pishiq, yumshoq yoki qattiq qilish. Ip-gazlama, ayniqsa, kanop matolarga kraxmal appretlar bilan ishlov berilganda mato pishiqlashadi, koʻrkamlashadi. Kraxmal appretlar tarkibiga kraxmal va uning gidrolizidan tashqari yumshatuvchi moddalar (yogʻ, moy, sovun), gigroskopik moddalar (glitserin, osh tuzi), gazmolga jilva beradigan moddalar (mum, parafin), antiseptik moddalar (formalin, solitsilat kombinata, mis tuzlari) va boshqa qoʻshiladi. Jun va ipak matolarga ishlov berishda kraxmal oʻrnida pitir goʻshtidan tayyorlanadigan yelim, jelatin va boshqa ishlatiladi. Turli sintetik smolalar qoʻshib ishlov berilganda mato gʻijimlanmaydigan, gidrofob bilan ishlov berilganda suv oʻtkazmaydigan, mis va xrom tuzlari ekstrati bilan ishlov berilganda chirimaydigan; surma, titan, qoʻrgʻoshin tuzlari, xlorlangan uglevodorodlar bilan ishlov berilganda yonmaydigan; ftor tuzlari, xlorli preparatlar bilan ishlov berilganda kuya tushmaydigan boʻladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.