Apomiksis
Apomiksis (apo … va yun. mixis -ogʻish) — organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmasdan koʻpayishi. Tom maʼnoda apomiksis murtakning urugʻlanmasdan rivojlanishidir. Yangi organizmning jinsiy hujayra (tuxum) yoki vegetativ hujayra hosil qilishiga qarab apomiksisni ikkiga — partenogenez va apogamiyaga boʻlish mumkin apomiksis hayvonot va oʻsimliklar dunyosida keng tarqalgan. Mas, ogizaylangichlilar, dafniyalar, shiralar va boshqa hayvonlarda, ayrim suv oʻtlari va qirqquloklarda apomiksis partenogenez shaklida namoyon boʻladi. Apomiksis gulli oʻsimliklarda keng tarqalgan, 43 oilaga mansub 100 dan koʻproq urugʻda uchraydi. Apomiksis ayniqsa bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar, raʼnodoshlar oilasida koʻproq kuzatiladi. Apomiksis irsiy (regulyar) yoki irsiylanmaydigan (tasodif) boʻlishi mumkin. Murtakning changlanmasdan rivojlanishi avtonom apomiksis deyiladi. Changlanish yoki tumshuqchada changning unib chiqishi, baʼzan murtak xaltasidagi markaziy hujayraning urugʻlanishi bilan sodir boʻladigan apomiksis indutsirlangan apomiksis deb ataladi. Gulli oʻsimliklarda redutsirlangan (murtak gaploid) oʻsimliklarning 6 oilasida (lavlagi, gʻoʻza, zigʻir, tamaki, arpa, bugʻdoy) redutsirlanmagan (murtak diploid) partenogenez (qoʻngʻirbosh, choyoʻt, qoqioʻt) mavjud. Apogamiya adventiv embrioniya (murtakning mur-tak xaltasidan tashqarida urugʻ-kurtak hujayrasidan rivojlanishi) va partenogenez tushunchalari yaqin turadi. Koʻpayishning bu xillarida bitta urugʻda bir necha murtak rivojlanadi (sitruslarda doim uchraydigan poliembroniya). Koʻpchilik apomiktik turlarning populyatsiyalarida jinsiy formalar ham aniqlangan. Apomiksisning genetik xususiyatlaridan ayrim oʻsimliklar seleksiyasida foydalaniladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.