Antlar

Antlar — slavyan qabilalari ittifoqining VI - VII asr boshida Vizantiya va got tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi. „Ant“ soʻzi birinchi marta III asrga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. Antlar Dnestr va Dnepr daryolari oraligʻida yashagan. IV — VIII asrlarda Antlarda chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik, zargarlik, toʻqimachilik va temirchilik) ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va tashqi savdo uchun tayyorlangan. Antlarning qadimgi madaniyati fanda „Chernyaxovskaya madaniyati“ nomi bilan yuritiladi. Ijtimoiy tuzumi — harbiy demokratiya. Gotlar, Vizantiya va avarlarga qarshi urush olib borganlar. Antlar Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq qilgan. Arxeologik qazilmalarda Rimda yasalgan kumush tangalar, shisha, metall va sopol idishlar hamda zeb-ziynatlar uchraydi.

Adabiyotlar

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.