Antiy

Antiy (qadimgi yunoncha: Άντείας, Άντίας qadimgi yunoncha: Άντείας, Άντίας, lotincha: Anteias) — Rim mifologiyasi qahramoni, baʼzi versiyalarga koʻra, Rimga asos solinishi haqidagi afsonaning asosiy ishtirokchisi.

Afsona

Antiy sehrgar Kirka (lotincha talqinda — Sirse) va oqpadar Odisseyning uchta oʻgʻlidan biri edi. Uning ukalari Rom va Ardey boʻlib, ularning har biri Rimdagi yirik shaharlarga (Rim va Ardeyga) asos solishgan[1]. Ushbu afsona Rim asoschilari boʻlmish Romul va Rem haqidagi afsonaga juda oʻxshab ketadi. Qadimgi manbalarga koʻra, Tirren dengizi sohilida, Rimdan 70 km janubda joylashgan Antiy[2] (yoki Antium) shahriga aynan Antiy tomonidan asos solingan. Shahar oʻz nomini ham mana shundan olgan[3]. Ayni vaqtda shahar Antsio deb ataladi.

Antiyga asos solinishi haqidagi afsona yunon tarixchisi Ksenagorning[4] asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Ksenagorning qachon yashab oʻtgani nomaʼlum. Aftidan, u oʻz asarini Antiy shahri allaqachon Rim bilan tenglashib olgan va bitta darajada turgan vaqtda yozgan.

Antiyning haqiqiy hikoyasi

Darhaqiqat, Antiy dastlabda Latsiy hududida hayot kechirgan qadimgi xalq — volskilar poytaxti boʻlgan. Antium anchagina mustahkam va himoyalangan shahar edi[2]. Miloddan avvalgi V asrda Volko-Rim urushlari boʻlib oʻtgani maʼlum. Miloddan avvalgi 468-yilda.volski xalqi magʻlubiyatga uchragan[2], shundan soʻng rimliklar Antiumga shaharni Rimga moslashtirish uchun kolonistlarni yuborgan[5]. Rim imperiyasi davrida shahar Rim patrisiylari uchun hashamatli villalar quriladigan maydonga aylangan, bu yerda Asklepiy va Fortuna ibodatxonalari ham qurilgan[2].

Zamonamiz olimlarining fikricha, qadimgi solnomalarda Antiyning Rim bilan tenglashtirishi oʻsha davrlarda, Rim va Ardey bilan bir qatorda Antiumning ham aka-ukalar tomonidan asos solingan uchta shahardan biri boʻlgani bilan bogʻliq[6].

Manbalar

  1. Irad Malkin. The Return of Odysseus: Colonization and Ethnicity. University of California Press, 1998. — 370 p.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Ansio (Wayback Machine saytida 2020-02-10 sanasida arxivlangan). Slovar izobrazitelnogo iskusstva. — 2004—2009.
  3. Stefan Vizantiyskiy. Άντεία.
  4. Erich S. Gruen. Culture and National Identity in Republican Rome. Cornell University Press, 1992. — 347 p.
  5. Saskia T. Roselaar. Process of Integration and Identity Formation in the Roman Republic. BRILL, 2012. — 416 p.
  6. James H. Richardson, Federico Santangelo. The Roman Historical Tradition: Regal and Republican Rome. Oxford University Press, 2014. — 372 p.

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.