Ante Budimir
|
Budimir FC St. Pauli 2015-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ante Budimir[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1991-yil 22-iyul | ||
| Tavallud joyi |
Zenica, SR Bosniya va Gersegovina, Yugoslaviya | ||
| Boʻyi | 1.90 m | ||
| Ampluasi | Striker | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Osasuna | ||
| Raqami | 17 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1998—2008[2] | Radnik Velika Gorica | ||
| 2008 | LASK | ||
| 2008—2009 | Radnik Velika Gorica | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2009—2010 | HNK Gorica | 22 | (6) |
| 2011—2013 | Inter Zaprešić | 66 | (18) |
| 2013—2014 | Lokomotiva Zagreb | 30 | (17) |
| 2014—2016 | FC St. Pauli | 19 | (0) |
| 2015—2016 | → Crotone | 40 | (16) |
| 2016—2018 | Sampdoria | 11 | (0) |
| 2017—2018 | → Crotone | 22 | (6) |
| 2018—2019 | Crotone | 17 | (3) |
| 2019 | → Mallorca | 18 | (5) |
| 2019—2021 | Mallorca | 36 | (13) |
| 2020—2021 | → Osasuna | 30 | (11) |
| 2021— | Osasuna | 167 | (71) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2005 | Xorvatiya U15 | 1 | (0) |
| 2012 | Xorvatiya U21 | 2 | (0) |
| 2020— | Xorvatiya | 41 | (7) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 15-may uchun) | |||
Ante Budimir (xorvatcha: Ante Budimir; 1991-yil 22-iyul, Zenica) — xorvat futbolchisi, Ispaniyaning „Osasuna“ klubi va Xorvatiya milliy terma jamoasining hujumchisi. U ikkita Yevropa chempionati (2020 va 2024) hamda 2022-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati
Klub
2014-yil avgust oyida Budimir Germaniyaning 2-Bundesligasidagi „Sankt-Pauli“ klubiga qoʻshildi va u bilan 2018-yilgacha toʻrt yillik shartnoma imzoladi. „Sankt-Pauli“ futbolchi uchun 900 ming yevro toʻlagan[3]. Budimir „Sankt-Pauli“ libosida 20 ta oʻyinda atigi 1 ta gol urdi.
2015-yilning 1-sentyabrida Budimir Italiyaning „Krotone“ klubiga ijaraga berildi va u yerda bir mavsum oʻtkazdi[4]. Uning debyuti 2015-yilning 7-sentyabrida „Kalyari“ga qarshi oʻyinda (0:4) boʻlib oʻtdi, Ante 71-daqiqada Pietro De Jorjio oʻrniga maydonga tushdi. 2016-yilning mart oyida „Krotone“ futbolchini 1 million yevroga sotib olish huquqidan foydalandi[5]. Budimir mavsumni B seriyasining 36 oʻyinida 16 ta gol urish bilan „Krotone“ning eng samarali hujumchisi sifatida yakunladi.
2016-yil 5-iyulda „Sampdoriya“ Budimirni sotib oldi va u 2020-yilning oʻrtasigacha shartnoma imzoladi[6].
2019-yil 15-yanvarda Budimir Ispaniyaning „Mallorca“ klubiga ijaraga oʻtdi[7]. 2019-yil 3-fevralda u „Alkorkon“ga qarshi oʻyinda (2:0) jarima toʻpidan oʻzining klubdagi ilk golini urdi[8]. 2019-yilning yozida u klub bilan 2,2 million yevroga doimiy shartnoma tuzdi. 2019/20 mavsumida Budimir 13 ta gol urib, La Liganing mavsumidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 8-oʻrinni egalladi.
2020-yil 5-oktyabrda Budimir 2020/21-yilgi mavsumda „Osasuna“ jamoasiga ijaraga berilgan[9]. 2021-yil 7-iyunda „Osasuna“ Budimir bilan doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Oldingi mavsumni ijarada oʻtkazgan futbolchi bilan 2025-yilning yozigacha shartnoma imzolandi[10].
Terma jamoa
2020-yil 27-avgustda mavsumoldi tayyorgarlik paytida Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalić Budimirni sentyabr oyida oʻtkaziladigan Millatlar ligasi doirasidagi Portugaliya va Fransiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirdi[11][12]. 2020-yil 7-oktyabrda u Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoada debyut qildi va Mario Pašalićga gol uzatmasini berdi[13]. 11-noyabrda esa u Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk golini urdi. U darvoza tomon harakatlanayotganda toʻpni tirsagi bilan sezilarli darajada toʻxtatib oldi, ammo buni hakam Slavko Vinčić payqamay qoldi[14][15].
Yutuqlari
Osasuna
- Copa del Rey kubogida ikkinchi oʻrin: 2022–23[16]
Xorvatiya
- FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2022[17]
Manbalar
- ↑ „UEFA Nations League 2025: Booking List before League phase Matchday 5“. UEFA (2024-yil 6-noyabr). 2024-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
- ↑ Ante Budimir: „La gent dels Balcans sabem que el camí per triomfar en el futbol és llarg“ at ara.cat
- ↑ „Nöthe und Budimir sind St. Paulis Sturmduo der Hoffnung“ (de). Hamburger Abendblatt (2014-yil 19-avgust). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Leihe: Budimir wandert nach Kalabrien aus“ (de). Kicker (2015-yil 1-sentyabr). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ Morozzo, Angelo. „Ex Crotone, Budimir show: doppietta al Camp Nou“ (it). Calabria Sport 24 (2019-yil 8-dekabr). 2020-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „«Сампдория» приобрела хорватского нападающего Будимира“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
- ↑ „UFFICIALE: Crotone, Budimir va in prestito al Maiorca“ (it). 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
- ↑ Bryce, Monro. „Mallorca seventh after 2-0 win“ (en). Majorca Daily Bulletin (2019-yil 6-fevral). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Osasuna logra la cesión de Budimir“ (es). CA Osasuna (2020-yil 5-oktyabr). 2021-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Osasuna ficha a Budimir, con el que firma una vinculación hasta 2025“ (en). CA Osasuna (2021-yil 7-iyun). 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
- ↑ „Budimir sustituye a Modric y Rakitic en la convocatoria de Croacia“ (es). Diario de Mallorca (2020-yil 27-avgust). 2020-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ „Luka Modrić and Ivan Rakitić to miss Croatia's opening UEFA Nations League matches“ (hr). Croatia Week (2020-yil 27-avgust). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ Olivari, Davorin. „Hrvatska bez pola prve momčadi srušila Švicarsku! Zablistao 'Dalićev eksperiment', na kraju ušao i Modrić“ (hr). Sportske novosti (2020-yil 7-oktyabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
- ↑ „Ante Budimir: Mogao sam zabiti još koji gol“ (hr). Večernji list (2020-yil 11-noyabr). 2023-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
- ↑ Hina „Budimir: Svjestan sam da je bio VAR, gola ne bi bilo“ (hr). Glas Istre (2020-yil 11-noyabr). 2023-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
- ↑ „Crónica | El Real Madrid tiñe la Copa de blanco tras una vibrante final (2-1)“ [Report | Real Madrid dyes the Cup white after a thrilling final (2-1)] (es). Royal Spanish Football Federation (2023-yil 6-may). Qaraldi: 2025-yil 17-fevral.
- ↑ Smyth, Rob „Croatia 2-1 Morocco: World Cup 2022 third-place playoff – as it happened“. the Guardian (2022-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
Havolalar
- Ante Budimir BDFutbol saytida
- Ante Budimir Soccerway saytida
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.
