Anisiy
Anisiy, Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy – Navoiy sheʼriyati ixlosmandlari 1471-yilda koʻchirgan “Oqquyunli muxlislar devoni”ning xattoti. Oqquyunli hukmdorlar Sulton Xalil (1478) va Sulton Yaʼqub (1478–1490) davrida Tabriz va Sherozda faoliyat olib borgan. 1460–1494-yillarda shu sulola vakillari uchun qoʻlyozmalar koʻchirgan. Qozi Ahmadning xattotlar va rassomlar haqidagi risolasida, Anisiy taxallusini unga Oqquyunlilar hukmdori Sulton Yaʼqub berganligi aytilgan. Otasi Abdurahmon Xorazmiy va ukasi Abdulkarim Xorazmiy ham oʻz davrining taniqli xattotlari boʻlishgan. Anisiy Sulton Ali Mashhadiy bilan birga xattotlikdan Zahiriddin Azhar Tabriziy qoʻlida tahsil olgan. Anisiy ustozi Azharning xat uslubini yanada takomillashtirib, otasi bilan hamkorlikda nastaʼliq xatida oʻziga xos uslub kashf etadi. Mazkur uslub “Uslubi Anisiy” yoki “Shevai Anisiy” deb ataladi.
Saʼdiyning “Boʻston”i, Hofiz Sheroziy devoni, Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si va xattotning oʻz sheʼrlari majmuasi – “Devoni Anisiy”ni Anisiy koʻchirgan qoʻlyozmalar jumlasiga kiritish mumkin. U Alisher Navoiyning sheʼrlarini 1471-yil 26-dekabrda koʻchirib tugallagan. Mazkur devonga Navoiyning, asosan, 1466–1471-yilda yozgan sheʼrlari kiritilgan. Navoiyning ana shu devoni tilida Oqquyunli hududida istiqomat qiladigan turkiy oʻgʻuzlarga xos unsurlar ham uchraydi. Lekin bu devonni xattot Anisiyning oʻzi tuzganmi yoki boshqa ixlosmandlarmi, hozircha maʼlum emas[1].
Manbalar
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.