Anilin

Anilin (aminobenzol, amidobenzol, fenilamin) umumiy formulasi C6H5NH2 boʻlgan aromatik aminlarning eng oddiysidir. Molyar massasi 93,2. Anilin rangsiz boʻlib, suvda oz (100 gramm suvda 20° da 3,4 g) eriydi, oʻziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi – 6,15°, qaynash temperaturasi 184,4°, 20° da zichligi 1027 kg/m3.

Anilin etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi. Nilin bugʻi juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826-yilda O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yoʻli bilan olgan va „kristallin“ deb atagan. 1841-yilda Y. F. Fritsshe indigoga oʻyuvchi ishqor taʼsir ettirib olgan moddani nilin deb nomlagan. 1842-yilda esa N. N. Zinin nitrobenzolni (NH4)2 SO3 taʼsirida qaytarish reaksiyasi orqali nilinni sintez qildi va uni „benzidom“ deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi. 1843-yilda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin boʻyoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali boʻlib, unga tegishli reaksiyalar orasida diazotlash reaksiyasi, yaʼni nitrit kislota bilan boʻladigan reaksiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinadigan diazobirikmalar koʻpchilik organik boʻyoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora nilin va emeraldin degan boʻyoqlar hosil boʻladi. Anilin farmatsevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.