Angren oltin boyitish fabrikasi
Angren oltin boyitish fabrikasi — oltin rudasini boyituvchi fabrika, „Oʻzbekolmosoltin“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Angren shahridan 6 kilometr uzoqlikda, shaharning gʻarbida joylashgan. 1971-1973 yillarda qurilgan. Fabrikada Koʻchbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi (qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi). Fabrikada olingan gravio va flotokon-sentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joʻnatiladi. Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotdan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi metallar olinadi. Fabrika 1992-1993 yillarda „Oʻrta Osiyo rangli metallar“ loyiha ilmiy tadqiqot instituta loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi. Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Nyumont (AQSH), Mitsui (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi „Angrengold-kompani“ qoʻshma korxonasi barpo etish boʻyicha shartnoma imzolandi (1997).
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.