Ammoniy nitrat
Ammoniy nitrat, ammiakli selitra – rangsiz, kristall modda, gigroskopik. Zichligi 820 kg/m³. Suyuqlanish temperaturasi 169,6 °C, suvda yaxshi eriydi, bunda issiqlik yutiladi (1 g tuz 1 g suvda eriganda temperatura 15dan −10 °C gacha pasayadi). Ammoniy nitrat suyultirilgan nitrat kislotaga ammiak taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. MDH mamlakatlarida A, B va V markalari ishlab chiqariladi. A, B markasi sanoatda portlovchi moddalar (ammonitlar) tayyorlashda ishlatiladi. Ammoniy nitratning V markasi koʻproq tarqalgan, hosildorlikka kuchli taʼsir etuvchi oʻgʻit tarkibida 34% sof azot bor. Ekinlarni ekishdan oldin va oʻsish davrida yerga asosiy oʻgʻit sifatida solinadi, ayniqsa gʻoʻza parvarishida koʻp ishlatiladi. Ammoniy nitrat yuqori gigroskopik xususiyatga ega boʻlganligi sababli saqdash paytida nam tortib qotib qoladi. Shuning uchun u nam oʻtkazmaydigan qoplarda quruq binolarda saqlanishi kerak. Ammoniy nitratning nam yutishi va qotishini kamaytirish uchun unga turli xil moddalar qoʻshib, donador holda ishlab chiqariladi. Bu holdagi ammoniy nitrat yaxshi saqlanadi. Ammoniy nitrat oʻgʻiti Chirchiq, Fargʻona, Navoiy kimyo kombinatlarida ishlab chiqariladi (qarang Azotli oʻgʻitlar).
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.