Amazonkalar

Amazonkalar – 1) kad. yunon afsonalaridagi jangchi ayollar. Rivoyatlarga koʻra, Amazonkalar Kichik Osiyoda va Azov dengizi qirgʻoqlarida yashagan va naslini saqlash maqsadida qushni qabila erkaklari bilan yilda bir marotaba jinsiy munosabatda boʻlganlar. Ulardan paydo boʻlgan oʻgʻil bolalarni otalariga qaytarib, qizlarga oʻzlari harbiy tarbiya berganlar. Kamon tortganda xalaqit bermasligi uchun qizlarning oʻng koʻkraklarini kuydirishgan (Amazonka soʻzi „koʻkraksizlar“ degan maʼnoni beradi). Amazonka, odatda, latofatli ayollar sifatida tasvirlangan. Ular haqidagi afsonalar koʻp xalqlar orasida tarqalgan boʻlib, matriarxat davrini aks ettiradi; 2) Amazonka – otliq chavandoz ayol; 3) ayollar ot minganda kiyadigan kiyim.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.