Allach

Allach / Porzellan Manufaktur Allach nafis chinni fabrikasi ― Germaniyada 1935 va 1945-yillar oraligʻida ish olib borgan. Faoliyatining birinchi yilidan keyin korxona SS tomonidan Daxau kontslageri mahbuslarining majburiy mehnatidan foydalangan holda boshqarilgan.
Tarixi
Kulolchilik sohasining ustasi Frants Nad 1925-yildan beri Allach zavodi tashkil etilgan Myunxen chekkasida hudud — Allak (Allach) dagi yerga egalik qilib kelardi.
1935-yil boshida u kichik chinni fabrikasiga asos solgan.
Ustav kapitali 45 000 reyxsmarkga teng boʻlgan Allach GmbH kompaniyasining rasman tashkil etilgan sanasi 1936-yiling 3-yanvar kuni edi. Taʼsischilar — Frants Nad korxona rahbari, Teodor Kerner (Theodor Kärner) haykaltarosh, Karl Dibich rassom va Bruno Galke savdo agenti boʻlgan. Fabrikaning norasmiy egasi esa Genrix Himmler edi. Fabrika oʻz eʼtiborini birinchi navbatda dekorativ va nafis chinnibuyumlar ishlab chiqarishga, shu jumladan, nemischa yangi badiiy didni „tarbiyalash“ va rivojlantirishni orzu qilgan Reyxsfyurerning oʻzi tomonidan beriladigan maxsus buyurtmalarga qaratgan. Shuningdek, fabrika uy uchun sopol mahsulotlarni yanada ommaviy tarzda ishlab chiqarishni va idish-tovoqlarning maxsus qismini tashkil etishni amalga oshirgan.
1939-yil 1-aprelda Berlinda, Leypsigshtrasse-13 dagi Allach fabrikasining koʻrgazma zali ochilishida professor Karl Dibich keyinchalik bashorat sifatida qabul qilingan soʻzlarni aytdi: „Xalq uning madaniyati dalillari tirik ekan mavjud boʻlaveradi. Fyurerning bu soʻzlari biz uchun madaniy shiordir. Biz har bir ishimizning bizdan keyin keladigan avlod tomonidan sinchkovlik bilan tadqiq etilishini yaxshi bilamiz. Va kelajak avlodlar ishimizga yomon baho berishlarini istamaymiz“.
Yana qarang
Havolalar
- Allach chinni zavodi tarixiga bagʻishlangan loyiha — Porzellan Manufaktur Allach
- Ollohda chinni fabrikasi (Wayback Machine saytida 2018-07-14 sanasida arxivlangan)
Manbalar
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.