Alisher Odilov

Alisher Odilov
Fayl:Alisher Odilov.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Odilov
Tavallud sanasi 15-iyul 2001-yil (2001-07-15) (23 yosh)
Tavallud joyi Andijon, Oʻzbekiston
Boʻyi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ximki
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2020 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Paxtakor 0 (0)
2021   Olimpik 19 (10)
2022—2024 Olimpik 59 (11)
2024— Ximki 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2020 Oʻzbekiston U-20 3 (0)
2021—2024 Oʻzbekiston U-23 28 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 26-avgust uchun)

Alisher Odilov (ruscha: Одилов, Алишер; 2001-yil 15-iyul, Andijonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumkor qanot yarim himoyachi va hujumchi pozitsilarida oʻynaydi. Rossiya birinchi ligasida ishtirok etuvchi Moskva viloyatining „Ximki“ jamoasi hujumchisi[1].

Futbolchilik faoliyati

Toshkentning „Paxtakor“ va „Olimpik“ klublarining oʻsmirlar va yoshlar jamoalarida toʻp surgan. Alisher Oʻzbekiston chempionatidagi debyutini 2022-yil 9-mart kuni „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazgan[2].

2024-yil 26-avgustda Rossiya birinchi ligaisda ishtirok etuvchi, Moskva viloyatining „Ximki“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3][4].

Terma jamoadagi faoliyati

Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2022 (ikkinchi oʻrin) va 2024-yilgi (ikkinchi oʻrin) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan[5].

2022-yilda Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Honkongni 4:0 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan va Odilov oʻyindagi ilk golini kiritgan.

Parijda 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishi arafasida Temur Kapadze Odilovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxatiga kiritgan[6][7].

Yutuqlar

Manbalar

Havolalar