Alisa Babs

Alis Babs

Nilson 1940-yil
Tavalludi
Hildur Alice Nilson

26-yanvar 1924-yil
Vafoti 11-fevral 2014-yil(2014-02-11)
(90 yoshda)
Stokgolm Shvetsiya
Fuqaroligi Shvetsiya
Kasbi xonanda, aktrisa
Faoliyat yillari 1939-2004
Otasi Jean Nilson

Hildur Alisa Nilson (1924-yil 26-yanvar — 2014-yil 11-fevral)— taxallusi Alisa Babs shvetsiyalik qoʻshiqchi[1].

Alisa ijod faoliyati davomida shved folklori, Yelizaveta davri qoʻshiqlari, opera va jaz kabi turli musiqiy yoʻnalishlarda ijro etgan. Xalqaro miqyosda asosan jaz xonandasi sifatida tanilgan boʻlsa-da, Alisa Babs Eurovision qo'shiq tanlovi 1958da Shvetsiya nomidan ishtirok etgan ilk vakil sifatida ham tarixga kirgan. 1972-yilda unga Qirollik saroyi xonandasi unvoni berilgan. Alisa bu maqomga sazovor boʻlgan ilk opera boʻlmagan ijrochi hisoblangan.

Faoliyati

Alisa Babs 1940-yilda suratga olingan Swing it, magistern! (Oʻynang, ustoz!) filmi orqali katta shuhrat qozongan[2]. Shundan soʻng u oʻndan ortiq shved tilidagi filmlarda suratga tusha boshlagan. Ekrandagi odobli, mehribon va quvnoq qiz obrazi bilan mashhur boʻlishiga qaramay, uning atrofida shakllangan yoshlar madaniyati katta avlod vakillarining tanqidiga uchragan. Hatto bir ruhoniy Alisa Babs atrofidagi muxlislikni „madaniy hayotning kasalligi“ deb atagan[3].

Alisa Babs 1958-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Shvetsiya vakili sifatida
Alis Babs (markazda) va Swe-Danes guruhi aʼzolari, 1961-yil

1963-yildan boshlab uning amerikalik bastakor va pianinochi Duke Ellington bilan uzoq yillik ijodiy hamkorligi boshlangan[2]. Babs Ellingtonning aynan uning ovozi uchun yozilgan ikkinchi va uchinchi Sacred Concerts asarlarining ijrosida qatnashgan. Xonandaning ovoz diapazoni uch oktavadan ortiq boʻlgan. Ellingtonning taʼkidlashicha, Alisa Babs ijro eta olmagan hollarda qoʻshiqning qismlarini kuylash uchun uch nafar alohida xonandadan foydalanishga toʻgʻri kelgan[4].

1963-yilda uning „After You’ve Gone“ qoʻshigʻi yozilgan plastinkasi Buyuk Britaniyaning New Musical Express hit-paradida 29-oʻrinni egallagan[5].

1972-yilda Babs British Broadcasting Corporation radiosining ilk eshittirishlari boshlanganining 50 yilligiga bagʻishlangan niderlandiyalik „Auntie“ qoʻshigʻining yozilishida ham ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti

1943-yilda Alisa Babs Nils Ivar Syoblom (1919–2011) bilan turmush qurgan. Ularning uch farzandi boʻlgan: Lilleba Syoblom Lagerbek (1945-yilda tugʻilgan), Lars-Ivar (Lasse) Syoblom (1948-yilda tugʻilgan) va Titti Syoblom (1949-yilda tugʻilgan)[6][7].

1973-yildan 2004-yilgacha Alisa Babs turmush oʻrtogʻi bilan birga Costa del Sol, Ispaniyada yashagan, biroq Shvetsiya va xalqaro miqyosdagi ijodiy faoliyatini davom ettirgan. Hayotining soʻnggi yillarida ular Shvetsiyaga qaytib kelishgan.

Mukofotlari

2003-yilda Shvetsiya hukumati tomonidan unga Illis quorum mukofoti topshirilgan[8].

Vafoti

Alis Babs 2014-yil 11-fevralda Stockholm shahrida Altsgeymer kasalligi asoratlari tufayli 90 yoshida vafot etdi[4][6][7][9].

Manbalar

  1. Cook 2005, s. 27.
  2. 2,0 2,1 Yanow, Scott „Alice Babs: Biography“. AllMusic. Qaraldi: 2011-yil 4-iyun.
  3. Reney, Tom „Alice Babs: The Rare Delight Of You“. Biography. New England Public Radio - NEPR.net (2014-yil 14-aprel). 2015-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  4. 4,0 4,1 Mosey, Chris „Alice Babs: Vi Minns Alice Babs (2014)“. Musical reviews (2014-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  5. Chris Davies. British & American Hit Singles, Batsford.
  6. 6,0 6,1 Keepnews, Peter. „Alice Babs, Who Sang for Ellington, Dies at 90“. The New York Times (2014-yil 14-fevral). Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  7. 7,0 7,1 „Swedish singer Alice Babs dies aged 90“. TheLocal.se (2014-yil 11-fevral). 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  8. „Regeringens belöningsmedaljer och regeringens utmärkelse: Professors namn“ (sv). Regeringskansliet (2006-yil yanvar). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  9. Alice Babs död, Dagens Nyheter 11 February 2014 (shvedcha)

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.