Alimqul

Alimqul (toʻliq ismi Mulla Alimqul Husaynboy oʻgʻli) (1831/32—1865) —qipchoq urugʻidan boʻlgan qirgʻiz Qoʻqon xonligining muvaqqat xoni (regenti), mingboshisi, amiri lashkari (18631865).

Hokimiyat uchun kurash

Mallaxon hukmronligi davri (18581862)da Alimqul xonlikni idora etishda faol qatnashib, eshik ogʻaboshi va vazir darajasiga koʻtarildi, Mallaxonning eng ishonchli va yaqin kishilaridan biri boʻlib qoldi. Bu davrda Alimqul qipchoklarning xonlikdagi siyosiy mavqeini tiklashga va mustahkamlashga harakat qildi. Mallaxon oʻldirilgach (1862), uning oʻrniga Sarimsoqxonning 17 yoshli oʻgʻli Shohmurod xon deb eʼlon qilindi. U taxtga oʻtirgach, otasining qotillarini topib oʻldirtira boshladi. Qotillikda qoʻli bor Toshkent hokimi Qanoatning buyrugʻi bilan Shohmurodni oʻgʻirlab ketadilar. Soʻng Qanoat Xudoyorxonni xon deb eʼlon qiladi. Alimqul esa taxtga uning birodari Sulton Murodni oʻtqazmoqchi boʻlib, Xudoyorxonga qarshi kurash boshlaydi. Nihoyat, 1863-yil 9-iyulda Alimqul Mallaxonning oʻgʻli Sulton Sayyidxonni Qoʻqon xoni deb eʼlon qiladi. Xudoyorxon Buxoroga ketishga majbur boʻladi. Buning evaziga Alimqul „Amiri lashkar“ unvoniga sazovor boʻldi. Shunday boʻlsada, Alimqul amalda xonlikni oʻzi idora qila boshladi.

Rossiya imperiyasi bilan urush

Podsho Rossiyasi qoʻshinlari Qoʻqon xonligi tasarrufidagi Toshkent va boʻlak shaharlarga tahdid qila boshlagach, Alimqul va Sulton Sayyidxon qoʻshin bilan Toshkentga kelishdi (1864-yil 25-noyabr). Alimqul 10 ming kishilik qoʻshin bilan Aris daryosi boʻylariga chiqib, Turkiston va Chimkent oraligʻidagi rus qoʻshinlari egallagan qoʻrgʻonlarni qaytarib olishga harakat qildi. Turkiston sh. yaqinidagi Iqon qishlogʻida ruslarning qoʻshinini yengib Toshkentga qaytdi (yana qarang Iqon jangi). 1864-yil dekabr oxirida Alimqul va Sulton Sayyidxon Toshkentni tark etib, Qoʻqonga kelishdi. Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari Toshkentga yaqinlashganligi haqida xabar topgach, ular qoʻshin bilan Qoʻqondan chiqib, 1865-yil 7-mayda ertalab Toshkentga yetib kelishdi. Alimqul va xon qarorgohi Afrosiyob tepaligida joylashdi. Shu kuni Mingoʻrik mavzesida shahar himoyachilari ishtirokida katta mashvarat oʻtkazilib, gʻazavot eʼ-lon qilindi. Qashqar hokimi Valixon toʻraning qashqarliklar ham bu gʻazavotga qoʻshilajaklari haqidagi maktubini Alimqul shahar himoyachilariga shaxsan oʻzi oʻqib eshittirdi. Soʻng, Salor kanali bilan Dar-xon arigʻi oraligʻi (hozirgi Pushkin koʻchasi)da Alimqul qoʻshinlari va shahar himoyachilari bilan rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Rus qoʻshinlari yengilib, Shoʻrtepaga chekindi. 1865-yil 9-mayda Alimqul qoʻmondonligidagi qoʻqonlik askarlar va shahar himoyachilari Shoʻrtepadagi rus qoʻshinlariga qarshi hujumga oʻtdi. Nihoyatda qattiq jang boʻlib, Alimqul ogʻir yaralandi va oʻsha kuni vafot etdi.

Vafoti

1865-yil 10-mayda u Toshkentdagi Shayxontohur qabristoniga dafn etildi. Uning vafoti vaqtida yonida mashhur tabiblardan Asadullabek yonida boʻlib, uni dafn etishda ishtirok etadi va keyinroq bu haqida amerikalik diplomat, sayyoh Yujin Skaylerga Toshkentda aytib beradi[1].

Adabiyotlar

  • Haydarbek Bobobekov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Schuyler E. Turkistan notes of a journey in Russian Turkistan, Khokand, Bukhra, and Kuldja. Volume I. New York: Scribner, Armstrong & CO.,1877. 93 p

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.