Aligote
Aligote — oʻrtapishar, vinobop uzum navi. Fransiya xalq seleksiyasida yaratilgan. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Bargi toʻgarak, uch boʻlakchali, arra tishli. Barg orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, ogʻirligi 100-110 g, gʻujumi tigʻiz, yirik (diametri 12-16 mm), koʻkish-oq, jigarrang dogʻlari bor. Kurtaklari yozilganidan to hosili pishguncha vegetatsiya davri 321130-150 kun davom etadi. Faol harorat yigʻindisi 2600°-2850° da avgustning oxirida pishadi. Tarkibida 25% qand bor. Hosildorligi 100-150 s/ga. Kasalliklarga chidamli, sovuqqa bardoshi oʻrtacha. Hosilidan sof va shampan vinolar, konyak uchun spirt tayyorlanadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi[1].
Manbalar
- ↑
„Aligote“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.