Alifbe

Alifbe — dastlabki savod beradigan oʻquv qoʻllanmasi. Alifbe bosma, yozma harflar va ular ifodalaydigan nutq tovushlari, ularning yozilishini oʻzlashtirish, sodda boʻgʻin va soʻzlarni qoʻshib oʻqishga oʻrganish va oʻqilayotgan narsani toʻgʻri tushunish hamda sodda soʻz va gaplarni yozishga oʻrganishga yordam beradi. Maktabxonalarda flifbe boʻlmagan. Uning oʻrniga savod oʻrganish uchun maxsus taxta qoʻllangan. Taxtaning bir tomoniga tartib bilan arab harflari, ikkinchi tomoniga esa abjad yozilgan. Talabalar harflarni batamom yod olgandan soʻng abjadxonlikka va haftiyakxonlikka oʻtar edilar. Bu usul asosan 1900-yilgacha davom etgan. Turkiston sarus-tuzem maktablarining hamda yangi usuldagi maktablarning paydo boʻlishi bilan alifbe darsligi yuzaga keldi. 1902-yilda rus-tuzem maktablarining oʻzbek sinflari uchun birinchi oʻzbek alifbesi — „Ustodi avval“ nashr etildi. Bu alifbening muallifi Saidrasul Saidazizov. Kitob 1917-yilgacha 17-marta nashr etilgan. Shu yillarda Munavvarqori Abdurashidxonovning „Adibi avval“ (oʻzbek maktablari uchun birinchi alifbe), Mulla Rustambek ibn Yusufbekning „Taʼlimi avval“, P. Bidanovning „Sullami avval“, A. Avloniyning „Birinchi muallim“, A. Ibodiyevning „Tahsil ul-alifbo“, M. Faxriddinovning „Rahbari avval“ kabi alifbelar nashr qilingan. Keyinchalik Shokirjon Rahimiy yaratgan „Sovgʻa“ darsligi nashr qilingan. Shuningdek, M. Qodirov va boshqalarning „Kattalarga oʻqish“ (1920), F. Ergʻoziyev va A. Yoʻldoshevning „Alifbe“ (1936) kitoblari bosilib chiqqan. 1938-yildan Oqilxon Sharafiddinov tuzgan alifbe nashr qilindi; mazkur alifbe Q. Abdullayeva hammuallifligida qayta ishlanib nashr etildi va oʻzbek maktablarida oʻquv qoʻllanmasi vazifasini bajardi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy qilish toʻgʻrisida“ Qonuni qabul qilingach, bir qancha alifbelar tayyorlandi. Xususan, 1996-97 yillarda Oqilxon Sharafiddinov, Q. Abdullayeva va boshqalarning „Alifbe“ („Shodlik“), T. Gʻafforova, E. Shodmonov, R. Eshturdiyevaning „Alifbe“ („Savod“), katta yoshdagilar uchun Y. Abdullayevning „Hamrohim“, „Sovgʻa“, Y. Abdullayev, Sh. Yoʻldoshevaning „Yangi alifbo va imlo“ oʻquv qoʻllanmalari chop etildi.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.