AleXa
AleXa | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Alexandra Christine Schneiderman 9-dekabr 1996 |
| Janrlar | K-pop |
| Faoliyat yillari | 2016-hozirgacha |
| Fuqaroligi | AQSh va Koreya Respublikasi |
| Veb-sayt | https://www.alexazb.com |
Alexandra Christine Schneiderman (talaffuzi: Aleksandra Kristin Shnayderman; 1996-yil 9-dekabrda tugʻilgan), AleXa nomi bilan tanilgan Janubiy Koreyada yashovchi amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa va aktrisa. Rising Legends realiti-shousining har ikki mavsumida ishtirok etgandan soʻng, AleXa 2018-yilda Zanybros 'ZB leybli bilan shartnoma tuzgan va u yerda taxminan ikki yarim yil davomida mashq qilgan. U 2019-yil oktyabr oyida K-pop qoʻshiqchisi sifatida debyut qilgan. 2022-yilda u NBC telekanalining Amerika qoʻshiq tanlovida „Wonderland“ qoʻshigʻi bilan oʻz vatani Oklahoma shtatini himoya qilgan va u yerda 710 ball bilan gʻolib chiqqan[1].
Yoshligi
AleXa Alexandra Christine Schneiderman 1996-yil 9-dekabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahrida tugʻilgan[2]. Otasi rus-amerikalik onasi esa Janubiy Koreyalik. AleXaning onasi besh yoshida amerikalik ota-onasi tomonidan Kyongi provinsiyasining Goyang shahridagi mehribonlik uyidan asrab olingan[3]. AleXa uch farzandning eng toʻngʻichi.
Faoliyati
2016-yilda Alex Christine nomi ostida u Soompi vebsayti tomonidan oʻtkazilgan Rising Legends onlayn tinglovida ishtirok etgan. Tanlov JYP Entertainment bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 2018-yilda AleXa Produce 48tanlovida ishtirok etgan va birinchi bosqichda 82-oʻrinni egallagan[4].
2019-yilda, AleXa 19-oktyabrda „Bomb“ nomli debyut singl albomini chiqargan[5]. U Diablo rok guruhi bilan hamkorlikda 13-dekabrda qoʻshiqning rok versiyasini chiqargan[6].
2022-yilda AleXa oʻzining uchinchi Tattoo nomli singl albomini ommaga havola qilgan[7]. 2022-yil 9-may kuni Amerika qoʻshiqlar tanlovida qatnashib gʻolib chiqqani eʼlon qilingan[8].
2022-yil iyul oyida Alexa Amerika Qoʻshma Shtatlarida muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazgan[9].
Diskografiyasi
Qoʻshiqlari
| Nom | Yil | Peak Chart | Albom | ||
|---|---|---|---|---|---|
| KOR |
US Pop |
US World [10] | |||
| "Bomb" | 2019 | — | — | 7 | Bomb |
| "A.I Trooper" | 2020 | — | — | — | Do or Die |
| "Do or Die" | — | — | 23 | ||
| "Villain" (빌런) | — | — | — | Decoherence | |
| "Revolution" | — | — | — | ||
| "Xtra" | — | — | — | ReviveR | |
| "Tattoo" | 2022 | — | — | — | Tattoo |
Filmografiyasi
Filmlarda
| Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 2022 | Urban Myths | Se-ri | Film |
Telekoʻrsatuvlarda
| Year | Title | Role | Note | Mnb. |
|---|---|---|---|---|
| 2018 | Produce 48 | Herself | As Alex Christine | [4] |
| 2022 | American Song Contest | Representing Oklahoma | [11] |
Manbalar
- ↑ Terry. „The American Song Contest: Oklahoma’s AleXa wins the very first edition of the contest“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 10-may.
- ↑ „AleXa on Instagram“. Instagram (9-dekabr 2019-yil). — „Thank you so much for joining my birthday party!“. 2022-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2020-yil.
- ↑ „[Interview AleXa: K-pop fan from Oklahoma now living dream as K-pop star“] (en). koreatimes (2022-yil 6-yanvar). 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
- ↑ 4,0 4,1 Herman, Tamar. „How Much Does It Cost To Debut A K-Pop Star? Zanybros CEO Discusses AleXa's Debut“. Forbes (2020-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
- ↑ Benjamin, Jeff. „AleXa Makes a 'Bomb' Top 10 Debut on World Digital Song Sales Chart“. Billboard (2019-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
- ↑ Herman, Tamar. „AleXa Teams up With Diablo for Rock Version of 'Bomb': Exclusive Premiere“. Billboard (2019-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
- ↑ Kang. „알렉사, 스페셜 싱글 '타투' 컴백 스케줄러 공개…'새로운 세계' 열린다“ (ko). Mydaily (28-dekabr 2021-yil). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2021-yil.
- ↑ Terry. „The American Song Contest: Oklahoma’s AleXa wins the very first edition of the contest“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ Lee. „알렉사, 美서 폭발적 인기...4개 지역 팬미팅 성료“ (ko). Star Today, Maeil Business News (25-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
- ↑ „Bomb“ (en). Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „ʻAmerican Song Contest’ 2022: Meet the 56 participants for Season 1“ (en). Qaraldi: 22-mart 2022-yil.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.