Alauddavla Muhammad
| Alauddavla Muhammad | |
|---|---|
| Amir | |
|
| |
| Kakuyiylar sulolasi hukmdori | |
| Saltanat | 1008 — 1041-yil sentyabr |
| Davomchisi |
Faramurz (Isfahon) Garshasp I (Hamadon) |
| Vafoti |
1041-yil sentyabr Jibal |
| Uy | Kakuyiylar |
| Otasi | Rustam Dushmanziyor |
| Dini | Islom (shialik) |
Muhammad ibn Rustam Dushmanziyor (forscha: ابوجعفر دشمنزیار), laqabi Alauddavla Muhammad (علاء الدوله محمد), daylamiy harbiy qoʻmondon boʻlib, 1008-yilda Jibalda qisqa muddat mustaqil hukmronlik qilgan Kakuyiylar sulolasiga asos solgan. Shuningdek, Pusari Kaku, Ibn Kakuye, Ibn Kakuya va Ibn Kaku nomlari bilan ham mashhur boʻlgan. Bu atamalar daylamiy tilida „togʻa“ maʼnosini anglatadi va fors tilidagi „kaka“ soʻzi bilan bogʻliq. Muhammad 1041-yil sentyabr oyida vafot etgan. Gʻarbiy Fors va Jibalni oʻz ichiga olgan qudratli davlat barpo etishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, qoʻlga kiritgan yutuqlari vorislari davrida tez orada boy berilgan.
Kelib chiqishi

Alauddavla Muhammadning otasi Rustam Dushmanziyor daylamiy askar boʻlib, buvayhiylar xizmatida faoliyat yuritgan va xizmatlari evaziga Alborz hududidan yer bilan taqdirlangan[1]. Uning vazifasi Ray va shimoliy Jibalni Tabaristondagi mahalliy yetakchilardan himoya qilish edi. Rustam Bavandiylar malikasi Sayyida Shirinning ukasi edi[2][3]. Shirin buvayhiy amirlari Majd ud-Davla va Shams ud-davlaning onasi boʻlgan. Ular 1029-yilda onalarining vafotigacha uning vasiyligi ostida boʻlganlar.
Hukmronligi
Ushbu qarindoshlik aloqalarini inobatga olsak, 1007—1008-yillarda Alauddavlaning buvayhiylar nomidan Isfahon hokimi boʻlgani ajablanarli emas[4]. Ayrim manbalarda 1003-yildayoq shahar hokimi boʻlgani qayd etiladi[5]:359–362. 1016-yilda daylamiy harbiy amaldor Ibn Fulad Alauddavlani Isfahondan siqib chiqardi. Biroq qisqa vaqt ichida shahar ustidan nazoratni qayta tiklashga muvaffaq boʻldi. Keyinchalik Majd ud-Davla hukmronligining zaiflashuvi Muhammadni Eronning kurdlar nazoratidagi togʻli hududlariga qadar kengayishga undadi. 1023-yilda Alauddavla Hamadonni buvayhiy hukmdori Samo ud-Davladan tortib oldi. Soʻngra kurd yetakchilaridan Dinavar va Shapur-Xvastni tortib oldi[5]:359–362. Keyingi yillarda oʻz saltanatini kurdlar hamda Tabaristondagi shahzodalar (ispahbodlar) bostirib kirishidan himoya qilish bilan band boʻldi.
Besh yil oʻtib, Alauddavla Nahavondda raqiblari ustidan yirik gʻalabaga erishdi va Bavandiylar hukmdori Abu Jaʼfar Muhammadni ikki oʻgʻli bilan birga asir oldi. Ushbu gʻalabadan soʻng, Jibalning oliy hukmdori mavqeini mustahkamladi. Buvayhiy amiri Majd ud-Davla rasman syuzeren boʻlsa-da, Alauddavla oʻz nomidan tanga zarb ettirdi. Keyinchalik buvayhiylar aralashuvisiz Abbosiy xalifa Al-Qodir shaxsan „Husam Amir al-moʻminin“ (Moʻminlar amirining qilichi) unvoni bilan taqdirlagan.
1029-yilda Majd ud-Davla Gʻaznaviylar sultoni Mahmud tomonidan taxtdan agʻdarildi. Abbosiylarni buvayhiylar nazoratidan ozod etishni maqsad qilgan sultonning oʻgʻli Masʼud I Gʻarbiy Eronga yurish qilib, bir qator hukmdorlarni, jumladan, Alauddavlani ham magʻlub etdi. Alauddavla Ahvozga qochib, buvayhiylardan yordam soʻradi. Biroq tez orada Gʻaznaviylar bilan sulh tuzib, ularning vassaliga aylandi va yiliga 200 000 dinor xiroj toʻlashga rozi boʻldi. Biroq Gʻaznadan uzoqdagi hududlarni Gʻaznaviylar muammosiz ushlab tura olmadilar. 1030-yilda Alauddavla Rayni qisqa muddatga Gʻaznaviylardan qaytarib oldi. 1035-yilda Masʼud I yana Alauddavlani magʻlub etdi. Alauddavla yana Ahvozdagi buvayhiylar huzuriga qochdi. Keyin esa Eronning shimoli-gʻarbiga yoʻl oldi. Shundan soʻng Alauddavla yoʻqotilgan hududlarini qaytarib olish maqsadida qudratli turkman qoʻshinini toʻplashga kirishdi.
1037/1038-yilda Alauddavla oʻz qoʻshinlari bilan yana bir bor Rayni Gʻaznaviylardan tortib oldi. Keyingi yillarda Isfahon atrofida ulkan mudofaa devorlari qurishga kirishdi[6]. Mazkur devorlar keyinchalik 1038/1039-yilda Gʻarbiy va Markaziy Eronning ayrim hududlarini, jumladan, Hamadon shahrini talon-taroj qilgan koʻchmanchi turkmanlardan Isfahonni saqlab qolishga xizmat qildi.
Oʻlimi
Alauddavla 1041-yil sentyabr oyida Annaziylarga qarshi Gʻarbiy Forsda olib borayotgan harbiy yurishi vaqtida vafot etdi[5]:359–362. Toʻngʻich oʻgʻli Faramurz Isfahonda, kichik oʻgʻli Garshasp I esa Hamadonda otasining oʻrnini egalladi. Biroq ular ushbu hududlarni kengayib borayotgan Saljuqiylar imperiyasidan himoya qilishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldilar.
Merosi
Alauddavla yirik harbiy qoʻmondon boʻlib, oʻz saltanatini qoʻshni kuchlar buvayhiylar, Gʻaznaviylar va Saljuqiylardan himoya qilishga muvaffaq boʻlgan. Faylasuf Ibn Sino buvayhiylar saroyini tark etganidan soʻng, oʻz saroyiga taklif qilgan. Ibn Sino shu yerda amirga bagʻishlangan ensiklopedik asar yaratgan. Buyuk faylasuf va olim 1037-yilda vafot etgan. Keyinchalik Avitsennaning kutubxonasini Gʻaznaviylar talon-taroj qilib, Gʻaznaga olib ketilgan va u yerda Gʻuriylar hukmdori Alovuddin Husayn davrida yoʻq qilingan[5]:773–774.
Manbalar
- ↑ Bosworth 1978, s. 465.
- ↑ Huart 1993, s. 667-668.
- ↑ Kennedy 2004, s. 244.
- ↑ Bosworth 1968, s. 37.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Bosworth 1998.
- ↑ Bosworth 1968, s. 40.
Adabiyotlar
- Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000–1217)“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol Periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968 — 1–202-bet. ISBN 0-521-06936-X.
- Janine and Dominique Sourdel, Historical Dictionary of Islam, Éd. PUF, ISBN 978-2-13-054536-1, article Kakuyids, pp. 452–453.
- Bosworth, C. E. (1978). "Kākūyids". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 465–467 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_COM_0420. OCLC 758278456. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=K%C4%81k%C5%AByids&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Bosworth, C. Edmund (1998). "KĀKUYIDS". Encyclopaedia Iranica, Vol. XV, Fasc. 4. London et al.: C. Edmund Bosworth. 359–362 b. http://www.iranicaonline.org/articles/kuyids-dynasty.
- Bosworth, C. Edmund (1984). "ʿALĀʾ-AL-DAWLA MOḤAMMAD". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. London et al.: C. Edmund Bosworth. 773–774 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ala-al-dawla-abu-jafar-mohammad-b.
- Madelung, W. „The Minor Dynasties of Northern Iran“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 198–249-bet. ISBN 0-521-20093-8.
- Bosworth, C. Edmund (1997). "EBN FŪLĀD". Encyclopaedia Iranica, Vol. VIII, Fasc. 1. London et al.: C. Edmund Bosworth. 26–27 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ebn-fulad.
- Huart, CL. (1993). "Kākōyids". E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, Volume IIII. Leiden: BRILL. 667–668 b. ISBN 9789004097902. https://books.google.com/books?id=7CP7fYghBFQC&q=false.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.