Alanga

"Alanga" — oylik adabiy va badiiy jurnal, 1928-30-yillarda Samarqandda nashr etilgan. Jami 32 soni chiqqan. 1-sonining adadi 5000. „Alanga“ lotin alifbosida bosilgan birinchi jurnaldir. Bir oz muddat Botu muharrirlik qilgan. Asosan, tahrir hayʼati chiqargan. Unda Mannon Romiz, Botu, Nabi Qodirov, Orif Olimjonov va boshqa boʻlgan. „Alanga“ da til-imlo masalalari yoritilgan. 1929-yildan "Qizil qalam" adabiy uyushmasining afkori (organi) vazifasini ham bajarib, adabiy-badiiy materiallar, adabiyotshunoslik va tanqidchilikka oid maqolalar ham muntazam berib borilgan. „Alanga“da Botu, Shokir Sulaymon, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Rahim Ali, Jigʻoy, Gʻayratiy, Botur, Qosimjon, Hoshim, Suboy, Toshpoʻlat Saʼdiy va boshqalarning sheʼrlari, Fitrat, Gʻozi Olim, Ye. E. Bertels, Hodi Zarif va boshqalarning ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari bosilgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.