Akvarel

Akvarel (fransuzcha: aquarelle, asli lotincha: aqua — suv) — rassomlik sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari. Akvarelning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning tiniq, rangning sofligidir, rang-tasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi- oq qogʻoz boʻyoq vazifasini bajaradi, boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib yotadi, bu qatlam nurni yaxshi oʻtkazadi. Shuning uchun rang-tasviri yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi, boʻyogʻida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak, qadimdan maʼlum boʻlgan. XV asrda nemis rassomi Dyurer akvarelda ajoyib asarlar yaratgan. XVII-XVIII asrlarda Yevropada keng tarqaldi. XVIII-XIX asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va boshqalar), Fransiya (O. Dome, E. Delakrua va boshqalar), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va boshqalar) da sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida rang-tasviri XX asr 20-yillaridan rivojlana boshlagan. A. Nikolayev (Usta Moʻmin), G. Nikitin, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, V. Kaydalov va boshqa rassomlar oʻz akvarel asarlari bilan oʻzbek akvarel sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston rassomlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va boshqa ijodida akvarel rivojlanmoqda.

Tarix

Akvarel boʻyoqlari juda ham qadimiy boʻlib, ehtimol Yevropaning paleolit davridagi gʻor rasmlariga tegishlidir. Misr davridan beri, ayniqsa Yevropa oʻrta asrlarida qoʻlyozma rasmlari uchun foydalanilgan. Biroq kelib chiqishi, uning badiiy vosita sifatida uzluksiz tarixi Uygʻonish davridan paydo boʻldi. Shimoliy Uygʻonish davri nemis rassomi Albrecht Dyurer (1471-1528) bir nechta ajoyib botanika, yovvoyi tabiat va landshaft akvarellarini chizgan, odatda akvarelning eng qadimgi vakillaridan biri hisoblanadi. Dyurer Uygʻonish davrining bir qismi sifatida Germaniyada akvarel boʻyoqlarining muhim maktabiga Hans Bol (1534-1593) rahbarlik qilgan[1].

Manbalar






Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.