Akaroa

Akaroa (maori tilida: Akaroa) — Yangi Zelandiyaning janubiy orolining Kenterberi regionidagi Banks yarim orolidagi qishloq, xuddi shu nomdagi bandargohda joylashgan. Maori xalqining Kai Taxu qabilasi tilida Akaroa "Uzun bandargoh" degan maʻnoni anglatadi[1].
Maʼlumotlarni koʻrib chiqish
Akaroa Kraystcherchdan 84 km uzoqlikda joylashgan[2] va davlat 75 avtomagistrali[3] dagi aholi yashash punktlarinig oxirigisi hisoblanadi. 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʻlumotlariga koʻra, Akaroaning doimiy aholisi 624 kishidan iborat boʻlib, bu 2006-yildagidan 57 kishiga kam. Qishloqda 65 yoshdan oshgan aholining qismi katta (31%).
Qishloq qoyali vulqon tepaliklariga qaraladigan goʻzal, himoyalangan bandargohda joylashgan. Akaroa - mashhur qishloq kurorti. Yozda aholi soni dam oluvchilar bilan birgalikda 15 000 kishiga yetishi mumkin[4], bu yozda qishloqni ichimlik suvi bilan taʻminlanishini muhim savol qiladi, uning tabiiy zaxiralari togʻlardagi yogʻingarchilikka toʻliq bogʻliqdir[5].
Akaroa bandargohida koʻplab Gektor delfinlarini uchratish mumkin va sayr qayiqlarida "delfinlar bilan suzish" ekskursion turlari sayyohlar uchun asosiy ermaklardan biridir[6][7].
Tarixi
1830-yilda Takapuneke maori aholi punkti (maori tilida: Takapuneke) Hozirgi Akaroa qishlogʻidan sharqda joylashgan mashhur voqea joyi boʻlgan. Britaniya Elizabet brigadasi kapitani, Jon Styuart (inglizcha: John Stewart), Ngati Toa (shimoliy oroldan) urugʻi boshligʻi, Te Rauparaxaga mahalliy Ngai Taxu urugʻi boshligʻi Te Maiharanuini (maori tilida: Te Maiharanui), uning xotini Te Ue (maori tilida: Te Whe) va uning kichkina qizi Roi Mata (maori tilida: Roi Mata) asirga olishda yordam berdi. Takapuneke aholi punkti yoqib yuborildi. Jon Styuartning mojaroga aralashuvi, shuningdek, Yangi Zelandiyaga birinchi yevropalik koʻchmanchilar oʻrtasidagi oʻzboshimchalik va qonunbuzarlik haqidagi xavotirlar 1832-yilda Yangi Zelandiyadagi rasmiy Britaniya rezidenti Jeyms Basbi etib tayinlanishiga olib keldi. Bu Britaniya mustamlakachiligining Vaytangi shartnomasiga qoʻyilgan birinchi qadami edi[8].
Manbalar
- ↑ „Local Information“ (en). Akaroa District Promotions. 2014-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa“ (en). ToursToNewZealand.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa“ (en). Kete Project. 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa Info“ (en). Harcourts Grenadier - Akaroa MREINZ. 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa Harbour Water & Wastewater Planning“ (en). Christchurch City Council. 2014-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Saving Hector’s dolphins“ (en). Tourism New Zealand. 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa Harbour: Hectors dolphins“ (en). Wildlife Extra. 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ „Akaroa, New Zealand Cruise Port“ (en). Ship Mate. 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.