Afrikaans
| Afrikaans | |
|---|---|
|
| |
| Milliy nomi | Afrikaans[1] |
| Mamlakatlar | JAR[2], Botsvana[3], Namibiya[4], Zambiya va Zimbabve |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 7 200 000 va 10 300 000 |
| Alifbosi | Lotin alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | af[5] |
| ISO 639-2 | afr[5] |
| ISO 639-3 | afr[5] |
Afrikaans (afr.: Afrikaans), bur tili — hindevropa tillari oilasidagi german tillaridan biri (gʻarbiy german guruhchasi). JARning rasmiy tili (ingliz tili bilan birga). Asosan, JARning Transvaal, Oranj, Kap viloyatlarida, shuningdek, Namibiya, Zambiyada va boshqa qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 million kishiga yaqin (1980-yillar oxiri; 1990-yillar oxirida bu miqdor birmuncha kamaygan).
Afrikaans XVII asrda niderland tilining baʼzi lahjalari bilan nemis va ingliz tillarining hamda gottentot, bushmen, bantu kabi mahalliy tillarning oʻzaro yaqinlashuvi va aralashib ketishi jarayonida yuzaga kelgan. Afrikaansning muhim belgisi uning hududiy lahjalarga boʻlinmaganligidir. Oʻziga xos xususiyatlari XVII asr oxirlarida Kap viloyati davrida shakllangan. XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida faqat ogʻzaki soʻzlashuv tili sifatida qoʻllanilgan. Afrikaansda yozilgan dastlabki asarlar XIX asrning 70-yillaridagina paydo boʻlgan. Afrikaans 1925-yildagina rasmiy til maqomiga ega boʻlgan — Janubiy Afrika Ittifoqining davlat tili deb eʼtirof etilgan. 2022-yil may oyida afrikaans Janubiy Afrikaning mahalliy tili sifatida tan olingan.
Fonetik tizimi va leksikasi asosan niderland tili taʼsirida shakllangan; mahalliy afrika tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ozchilikni tashkil etadi.
Adabiyot
- M i ronov S. A., Yazik afrikaans. M., 1969.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.