Academia.edu
| Academia.edu | |
|---|---|
|
| |
| Joriy holati | faol va rivojlanmoqda |
| Sayt turi | olimlar uchun ijtimoiy tarmoq |
| Roʻyxatdan oʻtish | bepul, talab etiladi |
| Qaysi tillarda | ingliz tilida |
| Muassisi | Richard Price |
| Ochilgan sanasi | sentabr, 2008-yil |
| Ishchilar soni | 53 |
| Joylashuv | San Francisco, California |
| URL | https://academia.edu/ |
Academia.edu — olimlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻrnatish hamda oʻz ilmiy ishlarini olimlar hamda ommaga eʼlon qilish uchun tuzilgan ijtimoiy tarmoq. 2008-yil sentabr oyida ochilgan. Veb sayt ishga tushirilgandan beri foydalanuvchilar soni keskin oʻsdi va 2022-yil boshida tashrif buyuruvchilar soni kuniga taxminan 10 million nafarni tashkil etdi. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 180 millionni tashkil etmoqda va saytga 40 million axborot fayllari yuklangan[1].
Academia.edu tarmogʻiga Richard Price asos solgan boʻlib, taxminan 600 000 dollar yigʻgan. Investorlar orasida Spark Ventures, internet tadbirkor Brent Hoberman va boshqalar bor edi[2].
Afzaliklari
Academia.edu „ochiq fan“ va „bemalol foydalanish“ harakatlarida qatnashadi, ular yaratilayotgan maqolalar boʻyicha oʻzaro sharhlar va fikr-mulohazalarni taqdim etadi[3]. Sayt egasi AQSh soliq toʻlovchilari tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy maqolalarning erkin aylanishini jiddiy cheklashi kerak boʻlgan „Tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi qonun“ (Research Works Act)ga qarshi ekanligini bayon etgan[4].
Academia.edu raqobatchilari qatoriga ResearchGate, Google Scholar va Mendeley kiradi[5]. Ushbu sayt ResearchGate kabi ilmiy tarmoqlar muhitidan farq qiladi, chunki unda nafaqat talabalar hamda universitet xodimlari, balki mustaqil tadqiqotchilar ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
The Singularity Hub onlayn jurnaliga koʻra, Academia.edu loyihasining ahamiyati juda yuqori, chunki olimlar „hamkasblarining ishlaridan tez va oson xabar topadilar va ular oʻzlarining tadqiqotlari haqiqatan ham muhimligini saytda berilgan baholar orqali isbotlaydilar“[6].
TechCrunch internet nashrining taʼkidlashicha, Academia.edu olimlarga „oʻz tadqiqotlarini tarqatishning kuchli va samarali vositasi“ hisoblanib, „qancha odam oʻz maqolalarini maxsus tahliliy vositalar yordamida oʻqiyotganini real vaqt rejimida kuzatish“ imkonini beradi hamda Google qidiruv natijalarida „juda yaxshi aks etadi“[7].
Manbalar
- ↑ Academia.edu | About
- ↑ Academia.edu | CrunchBase Profile
- ↑ Richard Price. The Future of Peer Review
- ↑ Richard Price. The Dangerous "Research Works Act"
- ↑ Do academic social networks share academics' interests?
- ↑ „Academia.edu – $4.5M in Funding, 3M Unique Monthly Visitors – Can They Change Science Publication? (недоступная ссылка). Singularity Hub“. 2016-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
- ↑ Academia.edu Raises $4.5 Million To Help Researchers Share Their Scholarly Papers. TechCrunch
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.