ASICS
|
| |
|
| |
| Turi | Transmilliy korporatsiya va ommaviy kompaniya |
|---|---|
| Tarmogʻi | sport tovarlari, tekstil |
| Qachon asos solingan | 1949-yil 1-sentyabr |
| Joylashuvi | Kobe, Yaponiya |
| Hududiy xizmati | dunyo boʻylab |
| Asoschi(lari) | Kihachiro Onitsuka |
| Rahbariyat | Kiyomi Wada (rais) |
| Mahsulot(lar)i | kiyim-kechak, poyabzal, aksessuar |
| Aylanma daromadi | ¥404.0 milliard (2021) |
| Operatsion foydasi | ¥21.9 milliard (2021) |
| Ishchilar soni | 8,904 (2020) |
| Vebsayti | www.asics.com |
ASICS – Yaponiyaning sport poyabzallari va kiyimlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi korporatsiyasilardan biri. Kompaniya shtab-kvartirasi Yaponiyaning Kobe shahrida joylashgan.
Tarixi
ASICS kompaniyasi ilk faoliyatini urushdan keyin 1949-yil 1-sentyabrda[1] Yaponiyada boshlagan. Kixachiro Onitsuka (yaponcha: 鬼塚 喜八郎) urushdan keyingi ogʻir davrda Yaponiya yoshlari uchun qanday yordam berish borasida bosh qotirgan va oʻz yurtdoshlarini sport bilan ilhomlantirishga va ular uchun mutlaqo yangi sport brendini yaratishga qaror qilgan[2]. Shunday qilib, Onitsuka Tiger brendi dunyoga kelgan.
Oʻz faoliyatining dastlabki yillarida kompaniya faqat Yaponiya va Xitoyning ichki bozoriga mahsulot yetkazib bergan. Nike asoschilari Phil Knight va Bill Bowerman bu imkoniyatdan foydalanib, kompaniyadan krossovkalar sotib olgan va ularni AQShda qayta sotishgan[3]. 1977-yilda kompaniya kengaygach, Onitsuka Tiger nomi ASICSga oʻzgartirilgan. ASICS „Anima sana in corpore sano“ jumlasining qisqartmasi boʻlib, lotinchada „Sogʻ tanda sogʻlom aql“ degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, Kobe shahrida yugurish poyabzallarini oʻrganib chiqish va ularni loyihalash maqsadlariga qaratilgan sport tadqiqot instituti ham tashkil etilgan.
Hozirgi davr
ASICS hozirda sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida 5-oʻrinni egallaydi.
2011-yilning 31-mart holatiga koʻra ASICS butun dunyo boʻylab 5600 dan ortiq odamni ish bilan taʼminlagan.
Keyingi yillarda kompaniya sport tovarlari (oyoq kiyimlari) sotish boʻyicha Yevropadagi eng yetakchi kompaniyaga aylandi.
Reklama homiyligi
- Christophe Lemaitre[4]
- Ryan Hall[4] — 2:05:00 dan yuqori vaqt koʻrsatkichiga ega boʻlgan amerikalik uzoq masofaga yuguruvchi yagona oq tanli marafon yuguruvchisi (Boston, 2:04:58, 2011)
- Mara Yamauchi[4]
- Lolo Jones[4]
Manbalar
- ↑ „ASICS Corporation Practical Information“ (en). corp.asics.com (2022-yil 8-mart). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
- ↑ „История“. ASICS Russia. 2016-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-mart.
- ↑ [1].
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Спортсмены и федерации, спонсируемые ASICS | ASICS Russia“. 2016-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
Havolalar
Content Disclaimer
Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.
- The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
- There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
- It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
- Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
- Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.