4chan

4chan

4chan bosh sahifasi (3-avgust, 2008)
Tijoratmi Ha
Sayt turi Imageboard
Qaysi tillarda Inglizcha
Muassisi "moot"
Ochilgan sanasi 1-oktabr, 2003[1]
URL 4chan.org

4chan — inglizcha imageboardlardan tarkib topgan veb-sayt. Yaponcha Futaba Channel degan saytg asoslanib yaratilgan. 2003-yili 1-oktabrda ishga tushirilgan bu sayt avvalboshda asosan anime va mangaga oid bahslashuvlar uchun moʻljallangan edi. Hozir esa saytning mashhurligi keskin koʻtarilib (bir vaqtning oʻzida 20 mingdan ortiq odam kiradi), muloqot mavzulari turli-tuman boʻlib ketgan. Saytda roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi, xabarlar anonimlarcha yoziladi.

Tarixi

4chan Nyu-Yorklik "moot" (mut) laqabli 15-yashar talaba tomonidan 2003-yil oktabrida ishga tushirilgan. Mootning asl ismi noaniq, baʼzi manbalarda Christopher Poole (Kristofer Pul), deb koʻrsatiladi.[2]

Tuzilishi

4chan 35 ta imageboard (tasvir taxtasi), 19 ta textboard (matn taxtasi), bitta oekaki va bitta flash taxtalaridan iborat. Har bir taxtaning qisqa nomi bor, masalan /a/ — anime, /mu/ — musiqa uchun va hokazo. Ulardan eng mashhuri /b/ (random; tasodifiy, aralash-quralash) taxtasidir. Qatʼiy qoidalardan xoli /b/ taxtasida koʻplab internet-memlar tugʻilgan.[3][4]

Manbalar

  1. Welcome, 4chan.org
  2. Modest Web Site Is Behind a Bevy of Memes, The Wall Street Journal
  3. Taking the Rick, The Guardian
  4. Cute felines with captions become an Internet fad (Wayback Machine saytida 2015-05-31 sanasida arxivlangan), The Advertiser

Havolalar

Content Disclaimer

Informasi ini disarikan dari Wikipedia dan disajikan kembali untuk tujuan edukasi. Konten tersedia di bawah lisensi CC BY-SA 3.0. Kami tidak bertanggung jawab atas ketidakakuratan data yang bersumber dari kontribusi publik tersebut.

  1. The information displayed on this website is sourced in part or in whole from Wikipedia and has been adapted for the purpose of restating it. We strive to provide accurate and relevant information, however:
  2. There is no guarantee of absolute accuracy. Wikipedia is an open, collaborative project that can be edited by anyone, so information is subject to change.
  3. It is not intended to constitute professional advice. The content displayed is for informational and educational purposes only. For important decisions (e.g., medical, legal, or financial), please consult a professional.
  4. Content copyright. Wikipedia is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike License (CC BY-SA). This means that content may be reused with appropriate attribution and shared under a similar license.
  5. Responsible use. Any risk arising from the use of information from this website is entirely the responsibility of the user.